Raximova Go‘zal Yuldashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Reduplikatsiya va uning funksional-lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 2287. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: Sa’dullaeva Nilufar Azimboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ermetova Jamila Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi reduplikatsiya hodisasining leksik-semantik hamda funksional xususiyatlarini aniqlash,  ingliz va o‘zbek tillarining qiyosi orqali reduplikatsion so‘zlarning derivatsion, fonetik-grammatik funksiyasi hamda kommunikativ vazifalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tilidagi reduplikativ so‘zlarning leksik kategoriyalarga asoslangan tasnifi asnosida reduplikatsiya hodisasi bu tillarning hozirgi rivojlanish bosqichida faol lingvistik jarayonlardan biri ekanligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi reduplikatsiya hosil bo‘lish tizimi, takrorning strukturaviy-semantik tabiati qiyoslangan holda reduplikativ so‘zlarning turlari hamda modellari jahon tilshunosligining keyingi yutuqlari asosida ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tili leksikasining ichki imkoniyatlari asosidagi rivojida reduplikatsiyaning o‘rni keng ko‘lamli ekanligi isbotlangan;
jahon tilshunosligida umume’tirof etilgan reduplikatsiya til guruhlari farqlanuvchi  ikki til qiyosi aspektida ilk bor tadqiq qilinib, qiyoslanayotgan tillardagi reduplikativ birliklarning so‘z va forma yasashdagi o‘ziga xosliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reduplikatsiya va uning funksional-lisoniy xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
roman-german tillarining qarindosh bo‘lmagan tillarga, xususan, turkiy tillarga ta’siri hamda o‘zbek va ingliz tillardagi reduplikatsiya va uning funksional lisoniy xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 5 iyundagi 89-03172-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tili aloqalarini reduplikativ so‘zlar misolida dalillashga imkon bergan; 
reduplikatsiyani belgilovchi leksik birliklar haqidagi yangi qarashlarni takomillashtirish, so‘z tartibi masalasiga tilshunoslikning yangi paradigmalariga asoslangan holda yondashishning samarali natijalar berishini ilmiy isbotlashda T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning  muammolari” mavzusidagi amaliy va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 - yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihalarini amalga oshirish jarayonida tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 19 sentyabrdagi 243-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati yanada ortgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 3-, 8-, 9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022 yil 4 apreldagi 61/2-22-son ma’lumotnomasi). Natijada asarlar matnidagi reduplikativ so‘zlarning o‘quvchilarga tushunarliligi oshgan, ayrim tushunilishi qiyin takror so‘zlarga matn ostida izohlar berilgan;
ikki til qiyosi aspektida ilk bor tadqiq qilinib, qiyoslanayotgan tillardagi reduplikativ birliklarning so‘z va forma yasashdagi o‘ziga xosliklari dalillangan xulosalardan Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi  fondida saqlanayotgan eksponatlar ilmiy pasportini yozishda, shuningdek, fondda saqlanayotgan qo‘lyozma manbalar mazmunini ingliz tilida bayon qilishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining 2022  yil 1  apreldagi 119/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi reduplikatsiyani belgilovchi leksik birliklar haqidagi yangi qarashlar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish