Doshanova Guljaxan Ismailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi o‘zbek she’riyatida kichik lirik shakllar takomili (Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afro‘z ijodi misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1570.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy o‘zbek she’riyatida kichik lirik shakllar takomili masalalarini iste’dodli shoirlar Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afro‘z ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik lirik she’riy shakllarning ilmiy-nazariy jihatlariga jahon va o‘zbek olimlarining munosabati hamda ilmiy qarashlari o‘rganilib, zamonaviy adabiy jarayon mahsuli sifatida yuzaga kelgan kichik lirik shakllar struktural-semantik xususiyatlariga ko‘ra yangi badiiy-estetik hodisa ekanligi dalillangan;
she’riyatdagi kichik lirik she’riy shakllar, bir tomondan, xalq og‘zaki ijodi, ikkinchidan, jahon adabiyotining ta’siri, uchinchidan, sharq mumtoz she’riyati an’analaridan ijodiy oziqlanish natijasida yuzaga kelganligi oydinlashtirilgan hamda ushbu ta’sirlanish omillarining axloqiy-tarbiyaviy jihatlariga alohida ahamiyat berilganligi dalillangan;
jahon she’riyati va Sharq mumtoz adabiy an’analarning zamonaviy badiiy tafakkur kontekstidagi davomiyligi, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir hamda Farida Afro‘z she’riyatida ixchamlik tomon borilayotgani, ularning kam so‘z bilan ko‘p ma’no bayon qilish yo‘lidagi badiiy izlanishlari va individual poetik mahorati o‘zbek she’riyatidagi shakliy izlanishlarning samaradorligini ta’minlab, she’riyatni vazn va mazmun tomondan yangilaganligi dalillangan;
Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afro‘z she’riyatidagi kichik lirik shakllarning o‘ziga xos ohangi, poetik tizimi, tuzilishi, badiiy san’atlardan foydalanish mahorati o‘rganilganda hikmatga, aforizmga yo‘g‘irilganligi, ixcham misralar mohiyatiga ulkan ma’nolar jamlangani, ularda vazn, qofiya, ritm, band kabi she’r unsurlarida yangi izlanishlarning yuzaga kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. «Hozirgi o‘zbek she’riyatida kichik lirik shakllar takomili (Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir va Farida Afro‘z ijodi misolida)» mavzusidagi ilmiy tadqiqot jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagicha joriy qilingan:
kichik lirik she’riy shakllarning ilmiy-nazariy jihatlariga jahon va o‘zbek olimlarining munosabati hamda ilmiy qarashlari o‘rganilib, zamonaviy adabiy jarayon mahsuli sifatida yuzaga kelgan kichik lirik shakllar struktural-semantik xususiyatlariga ko‘ra yangi badiiy-estetik hodisa ekanligi bugungi adabiy jarayon fonida dalillangan ilmiy-nazariy qarashlardan F3-2016-0908165532 – «Qorakalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» (2017-2020) fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 10 avgustdagi 195-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afro‘z she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy she’riyatda badiiy izlanishlar tadriji, adabiy muhit va boshqa omillarning bu boradagi roli, shoirlarning mumtoz so‘z san’ati, an’ana va tajribalaridan o‘rganishi, ilxomlanishi, poetik obraz yaratish, ohorli tashbehu timsollar topish, so‘z va iboralar qo‘llashdagi mahorati, ular ijodining adabiyotshunoslik, san’at hamda ma’naviyat singari sohalar bilan bilvosita bog‘likligi, shoirlar ijodida badiiy yaxlitlikning salmog‘ini oydinlashtirish va she’rlar tahlili, janriy hamda shakliy xususiyatlarini tahlil qilishning metodologik tamoyillarini yangilashga hamda hozirgi o‘zbek she’riyatidagi kichik lirik shakllarning badiiy evolyusiyasi bosqichlari aniqlanib, she’r matnlarini tahlil qilishning metodologik tamoyillarini yangilashga erishilgan;
she’riyatdagi kichik lirik she’riy shakllar, bir tomondan, xalq og‘zaki ijodi, ikkinchidan, jahon adabiyotining ta’siri, uchinchidan, sharq mumtoz she’riyati an’analaridan ijodiy oziqlanish natijasida yuzaga kelganligi hamda ushbu ta’sirlanish omillari axloqiy-tarbiyaviy jihatlariga alohida ahamiyat berilganligi yuzasidan olingan xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» (2017-2020) fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 10 avgustdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi kichik lirik shakllarning badiiy evolyusiyasi bosqichlari aniqlanib, she’r matnlarini tahlil qilish tamoyillarini oydinlashtirishga erishilgan;
jahon she’riyati va Sharq mumtoz adabiy an’analarining zamonaviy badiiy tafakkur kontekstidagi davomiyligi, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir hamda Farida Afro‘z she’riyatida ixchamlik tomon borilayotgani, ularning kam so‘z bilan ko‘p ma’no bayon qilish yo‘lidagi badiiy izlanishlari va individual poetik mahorati o‘zbek she’riyatidagi shakliy izlanishlarning samaradorligini ta’minlab, she’riyatni vazn va mazmun tomondan yangilaganligi dalillangan ilmiy-nazariy qarashlarga asoslanib, I.V.Saviskiy nomidagi badiiy san’at muzeyida rangtasvir yo‘nalishidagi portretlar ma’nolari bo‘yicha ko‘rgazmali va ekskurs darslar tashkil qilingan, shuningdek, so‘z va rangtasvir san’atida voqelikni badiiy ifoda etish usullari mushtarakligiga doir qarashlar ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruzalar orqali e’lon qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 12 avgustdagi 2–02/1008-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar zamonaviy she’riyatda paydo bo‘lgan kichik lirik she’riy shakllarning badiiy-estetik mohiyati rangtasvir ijodkorligi bilan mushtarak negizga egaligini dalillashga asos bo‘lgan;
Sirojiddin Sayyid ijodidagi kichik lirik she’rlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shoirning poetik dunyoqarashi, Mahmud Toirning lirik she’rlar yozishdagi uslubiy izlanishlari, she’rlarning genetik jihatdan mumtoz she’riyat va fol`klor bilan uyg‘unligi, Farida Afro‘zning ixcham she’rlaridagi o‘ziga xos shakliy izlanishlari hamda falsafiy mazmun, milliy ohang oydinlashtirilganligi hamda Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, Farida Afro‘z she’riyatidagi kichik lirik shakllarning o‘ziga xos ohangi, poetik tizimi, tuzilishi, badiiy san’atlardan foydalanish mahorati o‘rganilganda hikmatga, aforizmga yo‘g‘irilganligi, ixcham misralar mohiyatiga ulkan ma’nolar jamlangani, ularda vazn, qofiya, ritm, band kabi she’r unsurlarida yangi izlanishlarning yuzaga kelganligi aniqlangani haqidagi nazariy umumlashma xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vaqtli matbuoti nashrlarida, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, jumladan, «Assalao‘ma aliykum, Qaraqalpaqstan!», «Adebiyat ham dao‘ir» ko‘rsatuvlarida hamda radiokanalning «Ruo‘xiyliq bostani» kabi eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2022 yil 23 avgustdagi 05-22/508-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan va ilmiy tadqiqot natijalari keng jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etilgan.