Djumagel`diev Ne’matjan Radjabbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy aspektlari va rivojlanish jarayonlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar800.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qoshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubova Muborak Madrimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqolpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hamda  ekologik vaziyatning mintaqaga  ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi  mazkur mintaqani agrar hududdan sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va investisiya salohiyati rivojlangan hududga aylanishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan; 
Qoraqalpog‘istonda investisiyalar hajmining keskin o‘sishi iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasi bo‘lib, bu tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish eng muhim yuqori texnologiyali quvvatlarni ishga tushirishni jadallashtirish evaziga bo‘lganligi asoslangan;
Respublikada fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ekologik holatni yaxshilash, tuproq eroziyasining oldini olish dasturining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida aholining atrof-muhitga bo‘lgan qarashlari o‘zgarib, qishloq va ovullar  turmush  darajasini yaxshilashga va shu bilan birga, aholi uchun qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini oshishiga sabab bo‘lganligi isbotlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiyot sohasining rivojlanishi hamda fuqarolarda ekologik madaniyatning shakllanishi aholi salomatligini mustahkamlab, o‘lim darajasining pasayishiga va o‘rtacha umr ko‘rish yoshi davomiyligining oshishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy aspektlari va rivojlanish jarayonlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining joylashishi va demografik jarayonlari tabiiy-iqlim sharoiti va tarixiy rivojlanishi bilan birga, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lganligiga oid natijalardan «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Biz tarixni o‘rganamiz» ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi 2022 yil 03 oktyabrdagi 05-22/362-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalari orqali tarixiy bosqichlar, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tavsiyalarni amalga oshirish, jumladan, Orolbo‘yida ekologik xavfsizlik siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar haqidagi tarixiy ma’lumotlarga oid bilimlarning rivojlanishiga  o‘z hissasini qo‘shgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan isolhotlarning amalga oshirilishi,  mazkur mintaqani agrar hududdan, sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va investisiya salohiyati rivojlangan hududga aylanishiga sabab bo‘lganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichlarining tarixiy sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tarixshunoslik bibliografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 2-01/208-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishining tarixiy bosqichlari va tendensiyalari haqidagi ilmiy bilimlarga oshishiga xizmat qilgan;
respublikada, fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ekologik holatni yaxshilash, tuproq eroziyasining oldini olish, dasturining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida aholining atrof-muhitga bo‘lgan qarashlari o‘zgarib, qishloq va ovullar  turmush  darajasini yaxshilashga va shu bilan birga aholi uchun qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini oshishiga sabab bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiyalar markazi amaliyotida aholiga, atrof-muhitni turli qatlamlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalalarini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 1 iyundagi02/18-1671-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish