Qurbanov Muzafar Ataxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm qishloq jamoalari tarixi (ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar, mil. avv. VI - milodiy IV asrlar) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tar395.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sobirov Qurbonboy, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshhanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Yaxshiev Anvar Jo‘raqulovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqolpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mil.avv. VI – milodiy IV asrlarda Xorazm qishloq jamoalari hamda ularda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi va unga ulanib ketgan Sariqamishbo‘yi pasttekisligida temir asridan boshlab shakllana boshlagan dehqonchilik mikrovohalari va ularning o‘zagi bo‘lgan qishloq jamoalari kelgusida vohadagi ilk davlatchilik va ilk shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelganligi hamda taraqqiyotiga asos bo‘lganligi isbotlangan;
Xorazm vohasi qadimgi yodgorliklari geografiyasi, aholining hududiy joylashish chegaralari, migratsiyalar va madaniy – iqtisodiy aloqalar tahlili asosida vohadagi mil.avv. VII – milodiy IV asrlar qishloqlari, qishloq jamoalari markazlari bo‘lgan shaharlar va qal’alar hamda mazkur davrlar mikrovohalari joylashishi hududlari yangi tuzilgan xaritalar orqali aniqlangan;
Qadimgi Sharq ilg‘or madaniy an’analarining migratsiyalar ta’sirida Xorazm vohasiga keng yoyilishi asosida vohada erkin dehqon jamoalarining asosiy makonlari sifatida bir qancha qishloqlarni birlashtirgan hamda muayyan bir markaz shaharga ega bo‘lgan mikrovohalar, Avestoda aks etgan vohada ilk davlatchilikning eng sodda ko‘rinishlaridan biri bo‘lganligi sifatidagi aks etganligi asoslangan;
Xorazm vohasi ilk temir davri me’morchiligida paxsa, xom g‘ishtdan foydalanish kabi mahalliy an’analar tashqi madaniy ta’sir uyg‘unligida rivojlanganligi hamda mazkur me’moriy-binokorlik tarhi antik davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mil.avv. VI – milodiy IV asrlar Xorazm qishloq jamoalari tarixi hamda shu davrlarda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar tarixi mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazm vohasi va unga ulanib ketgan Sariqamishbo‘yi pasttekisligida temir asridan boshlab shakllana boshlagan dehqonchilik mikrovohalari va ularning o‘zagi bo‘lgan qishloq jamoalari kelgusida vohadagi ilk davlatchilik va ilk shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi hamda taraqqiyotiga asos bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida tashkil qilingan qadimiy Xorazm tarixi muzeyi bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 01-12-01-2002-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzeyga tashrif buyuruvchilarda tarix sohasidagi bilimlarini oshirishga, o‘lka tarixini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga imkon yaratgan;
Qadimgi Sharq ilg‘or madaniy an’analarining migratsiyalar ta’sirida Xorazm vohasiga keng yoyilishi asosida vohada erkin dehqon jamoalarining asosiy makonlari sifatida bir qancha qishloqlarni birlashtirgan hamda muayyan bir markaz shaharga ega bo‘lgan mikrovohalar, Avestoda aks etgan vohada ilk davlatchilikning eng sodda ko‘rinishlaridan biri bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi 2953-son Qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi”ning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 01-12-01-2003-son ma’lumotnomasi). Natijalar hududa sayyohlik ekspedisiyalarining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Mil.avv. VI – milodiy IV asrlar Xorazm qishloq jamoalari shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, omillari tarixi hamda shu davrlarda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar tarixi masalasiga oid fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» DUK 2021 yil 13 apreldagi 04-25-546-son dalolatnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Xorazm qishloq jamoalari shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, shu davrlarda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan.