Satimov Bahodir Mangliboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Orolbo‘yida qadimgi harbiy ish va mudofaa tizimi tarixi” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar990.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismoilovich - tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshhanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Milodiy IV asrga qadar Orolbo‘yida qadimgi harbiy ish va mudofaa tizimi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘nggi bronza davri Orolbo‘yi tarixida qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va hududiy to‘qnashuvlar paytida, ov qurollaridan farqli ravishda, asosiy vazifalariga ko‘ra, hujum va himoyaga mo‘ljallangan bronza qurol-yarog‘larning dastlab ishlatilishi va ilk temir davrida harbiy ish rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillari aniqlangan;
mil.avv. VII-VI asrlarda Orolbo‘yida harbiy uyushmalar va ilk davlatchilik shakllanishi natijasida, qurollanish va harbiy ishda namoyon bo‘lgan turlicha yangiliklarni, qurol-yarog‘lar ishlab chiqarishning ixtisoslashgan sohaga aylanishi, qo‘shinlarni tashkil etish ahamiyatining ortib borishi, hamda maxsus qurollangan otliq va piyoda qo‘shinlarning paydo bo‘lishi va jamiyatda jangchilar va harbiy yo‘lboshchilarning ijtimoiy mavqei kuchayishi kabi holatlar belgilab berganligi isbotlangan;
qadimgi Xorazmliklar va sak qabilalarining qurol-yarog‘lari va himoyalovchi yarog‘-aslahalari, qo‘shin turi, harbiy taktikasi va jang usullari tarixi hamda harbiy ish sohasining takomillashib borishi jarayonining davlatchilik taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanishi davriy jihatdan ilk temir asri boshlaridan milodiy IV asrga qadar ochib berilgan;
antik davri Orolbo‘yida hujum va himoya qilish qurol-yarog‘larga ega qo‘shinlarni tashkillashtirish, markazlashgan davlat – Xorazm podsholigi chegaralari sarxadlarida va savdo-aloqa yo‘llari bo‘ylab hamda Amudaryodan muhim harbiy-strategik kechuvlar yonida qal’alarning bunyod etilishi davlat siyosati doirasida keng ko‘lamdagi mudofaa ishlarining yangi asoslarda amalga oshirish zaruratidan kelib chiqqanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yida qadimgi harbiy ish va mudofaa tizimi tarixi masalasini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
qadimgi xorazmliklar va sak qabilalarining harbiy ish sohasining takomilashib borishi jarayoni, davlatchilik taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanishi, qurol-yarog‘lar va himoya vositalari, qo‘shin turi, jang taktikasi va usullarining tarixi davriy jihatdan ilk temir davri boshlaridan milodiy IV asrga qadar ochib berilgan ma’lumotlardan hamda Orolbo‘yida harbiy istehkomlarning qurilishi, aholining xavfsizligini ta’minlash hujum va himoya qilish qurollarga ega qo‘shinlarni tashkillashtirish, davlat chegara sarhadlari va savdo-aloqa yo‘llari bo‘ylab, Amudaryodan muhim harbiy-strategik kechuvlar yonida qal’alarning bunyod etilishi, keng ko‘lamdagi mudofaa ishlarining yangi asoslarda amalga oshirish zaruratidan kelib chiqqanligi haqida olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti Milliy harbiy merosni o‘rganish markazi tomonidan milliy harbiy san’at tarixini o‘rganishga doir tizimli ishlarni olib borilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 10/1288-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanilishi o‘quv dastur va qo‘llanmalarni takomillashuviga xizmat qilgan;
so‘nggi bronza davri Orolbo‘yi tarixida qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va hududiy to‘qnashuvlar paytida ov qurollaridan farqli ravishda asosiy vazifalariga ko‘ra hujum va himoyalanishga mo‘ljallangan bronza qurol-yarog‘larning dastlab ishlatilishi va ilk temir davrida harbiy ish rivojlanishi jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillari haqida ma’lumotlar, mil. avv. VII-VI asrlarda Orolbo‘yida temir davri boshlanishi hamda harbiy uyushmalar va ilk davlatchilik shakllanishi natijasida qurollanish va harbiy ishda namoyon bo‘lgan turlicha yangiliklarni, qurol-yarog‘lar ishlab chiqarishning ixtisoslashgan sohaga aylanishi, qo‘shinlarni tashkil etish ahamiyatining ortib borishi, shuningdek maxsus qurollangan otliq va piyoda qo‘shinlarning paydo bo‘lishi va jamiyatda jangchilar, harbiy yo‘lboshchilarning ijtimoiy mavqeining kuchayishi kabi holatlar belgilab berganligiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022 yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 10/1287-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish innovatsion loyihaning ilmiy ahamiyatini oshirib ayrim nazariy masalalarning echimi sifatida xizmat qilgan;
qadimgi xorazmliklar va sak qabilalarining harbiy ish sohasining takomillashib borishi jarayoni, davlatchilik taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanishi, qurol-yarog‘lar va himoya vositalari, qo‘shin turi, jang taktikasi va usullarining tarixi davriy jihatdan ilk temir davri boshlanishidan IV asrga qadar ochib berilganligiga doir muayyan ilmiy xulosalari hamda natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 15 avgustdagi 06-28-1310-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarni ilmiy tomoshabinlarda Orolbo‘yi hududidagi halqlarning qadimgi harbiy ish va mudofaa tizimi tarixi xususida yangicha tafakkurni shakllantirishga va bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.