Abdirimov Bekzod Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi kurashi va uning halokatidan so‘ng Yaqin va O‘rta Sharqda qolgan xorazmliklar taqdiri”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/750.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Masharipov Kudrat Yuldashevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Yaxshiev Anvar Jurakulovich, tarix fanlari nomzod, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi kurashi va uning halokatidan so‘ng Yaqin va O‘rta Sharqda qolgan xorazmliklar taqdiri tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Manguberdining Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari hukmdorlari va hatto ba’zi dushmanlari tomonidan mo‘g‘ullarga qarshi o‘ziga xos “himoya devori” sifatida e’tirof qilinishidan kelib chiqib, zamonaviy tarixshunoslikda ushbu jarayonlarni mazkur hududlar xalqlarining ozodlik uchun olib borilgan kurashlari sifatida baholash mumkinligi asoslangan;
mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar sulolasi a’zolari va yaqin qarindoshlarini yo‘q qilishga qaratilgan harakatlariga qaramasdan, sulola a’zolari Xorazmshohlar davlati parchalanib ketgandan keyin ham Misrda (Sayfiddin Qutuz), mo‘g‘ullar davlatida (Turkon) o‘z siyosiy faolliklarini davom ettirganligi, Anadolida esa Jaloliddin Manguberdining sarkardalari va izdoshlari (Saruxon va boshqa sarkardalar) bir necha sulolalarga asos solib, siyosiy jarayonlarda muhim o‘rin tutganligi dalillangan;
Jaloliddin Manguberdining halokatidan so‘ng uning harbiy qismlari Kichik Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga tarqalib, ularning avlodlari bugungi kungacha shu hududlarda yashayotganliklari, o‘zlarining xorazmliklar avlodi ekanligini unutmaganliklari (“horzumlu” (Xarzemli, Herzem, Harzam) nomli toponim va etnonimlari) ilmiy va dala tadqiqotlari natijasida va etno-geografik xaritalar orqali aniqlangan;
Ba’zi zamonaviy tadqiqotlarda shu paytgacha Jaloliddin Manguberdi va uning halokatidan so‘ng Yaqin Sharqda qolgan xorazmliklarga nisbatan shakllangan noxolis fikrlarning Jaloliddin Manguberdi yoki xorazmliklarga raqiblari tomonidan shu davrdagi siyosiy mafkura va diniy qarashlar nuqtai nazaridan kelib chiqib bildirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Jaloliddin Manguberdining Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari hukmdorlari va hatto ba’zi dushmanlari tomonidan mo‘g‘ullarga qarshi o‘ziga xos “himoya devori” sifatida e’tirof qilinishidan kelib chiqib, zamonaviy tarixshunoslikda ushbu jarayonlarni mazkur hududlar xalqlarining ozodlik uchun olib borilgan kurashlari sifatida baholash mumkinligiga asoslangan xulosalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1 FA-0-16549 “Xorazm tarixi (I jild eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V asrdan XVI asrgacha)” mavzusidagi fundamental loyihada foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 27 sentyabrdagi 3/1255-2389 – son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi Jaloliddin Manguberdining Yaqin va O‘rta Sharq hududlarida olib borgan kurashlari tarixining mohiyati va uning ahamiyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan;
Mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar sulolasi a’zolari va yaqin qarindoshlarini yo‘q qilishga qaratilgan harakatlariga qaramasdan, sulola a’zolari Xorazmshohlar davlati parchalanib ketgandan keyin ham Misrda (Sayfiddin Qutuz), mo‘g‘ullar davlatida (Turkon) o‘z siyosiy faolliklarini davom ettirganligi, Anadoluda esa Jaloliddin Manguberdining sarkardalari va izdoshlari (Saruxon va boshqa sarkardalar) bir necha sulolalarga asos solib, siyosiy jarayonlarda muhim o‘rin tutganligi haqidagi natijalaridan respublika miqyosida yoshlar va harbiylar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish jarayonlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022 yil 18 apreldagi 64-son ma’lumotnomasi). Natijalar mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdining o‘rnini to‘laqonli va haqqoniy tushunish imkonini bergan;
Jaloliddin Manguberdining halokatidan so‘ng uning harbiy qismlari Kichik Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga tarqalib, ularning avlodlari bugungi kungacha shu hududlarda yashayotganliklari, o‘zlarining xorazmliklar avlodi ekanligini unutmaganliklari (“Horzumlu” (Xarzemli, Herzem, Harzam) nomli toponim va etnonimlari) ilmiy va dala tadqiqotlari natijasida va etno-geografik xaritalar orqali aniqlangan natijalardan 2021 yil 15 noyabr` kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida “Mavzu” turkumidan efirga uzatilgan “Jaloliddin Manguberdi jasorati” teleko‘rsatuvi, 2022 yil 2 fevral` kuni namoyish etilgan “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2022 yil 18 apreldagi 40-40-167-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Anushtegin Xorazmshohlar davlati haqidagi bilimlarini xususan Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashganligi ularning vatanparvarlik jasoratlari bilan bog‘liq tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan.