Utanov Utkir Qurbonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Red341.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

Ilmiy rahbar: Shodiev Narziqul Shodievich, pedagogika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ma’naviy idealning belgilovchi roli va ahamiyatini asoslash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy hamkorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishning integratsiyalashgan tizimi  ma’naviy muhit va ma’naviy ideal bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan; 

talabalar ma’naviyatini rivojlantirishning profilaktik texnologiyasi  kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik, muvaffaqiyatga intilish va empatiya darajasi diagnostikasi hamda korreksiyasi asosida takomillashtirilgan;

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish (emotsional-hissiy, intensiv ta’sir etish, integrativ komponentlar) vitagen va germenevtik tarbiya texnologiyalari asosida  takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishning didaktik ta’minotini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:

talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishning taksonomik mezonlari, blok-modulli komponentlari, integratsiyalashgan mazmuni oliy ta’lim tizimining ta’lim sohasiga doir Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari («O‘zstandart» agentligining 2015 yil 23 fevraldagi 308-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan) mazmuniga singdirilgan. Mazkur talabalar ma’naviyatini rivojlantirishning taksonomik mezonlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini takomillashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 

 auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish bosqichlari, guruh murabbiyi va talabalarning faoliyat turlari, instrumental-didaktik vositalarini o‘zida aks ettiruvchi tarbiya texnologiyasi oliy ta’lim muassasalarida «Birinchi kurs maktabi» tarbiya tizimi hamda mikroguruhlarda t`yutorlik faoliyatini tashkil etish jarayonida amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2652-son ma’lumotnomasi). Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalar ma’naviyatini rivojlantirish texnologiyasi birinchi kurs talabalarining ijtimoiy moslashuvini jadallashtirish hamda mikro guruhlarda tarbiyaviy ishlar  samaradorligini oshirish imkonini bergan;

ko‘makchi-kompyuterli tizim va “Samarqand ma’naviyat o‘choqlari” elektron xaritasi talabalarning “Ma’naviyat kuni”dagi faoliyatini samarali tashkil etish hamda tarixiy-madaniy ob’ektlarni muhofaza qilish mutaxassislari va ekskursovodlarning muzey-pedagogik faoliyatini samarali amalga oshirish imkonini bergan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 noyabrdagi 89-03-2652-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning turli hududlaridan kelgan talabalarning Samarqand viloyatidagi tarixiy-madaniy ob’ektlarni chuqur o‘rganishlari asosida  ma’naviy bilimlarining boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish