Qodirova Xalimaxon Nurmuxammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/Ped584.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxanova Dilafruz, pedagogika fanlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish o‘zini-o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi auto-psixologik treninglar mazmunini kasbiy o‘zlikni anglashning motivasion imkoniyatlari bilan o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik fikrlash va diagnostik ong darajalari verbal va noverbal muloqotning nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan so‘z-mantiqiy tafakkurning shakllanishi hamda faol va pozitiv nutqni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyati shakllanishi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlarning bir-birini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi axborot-kommunikatsion, hamda madaniy-estetik sifatlarining dinamik namoyon bo‘lishi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy faolligi an’anaviy va noan’anaviy didaktik imkoniyatlar mazmunini pedagogik maqsadlar tadbiqiga qaratilgan imitatsion didaktik o‘yinlar, erkin topshiriqlar mazmuni bilan idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini shakllantirish o‘zini-o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi auto-psixologik treninglar mazmunini kasbiy o‘zlikni anglashning motivasion imkoniyatlari bilan o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim muhitida diagnostik madaniyatning didaktik modeli, diagnostik tafakkur va ongni shaklllantirish bosqichlarini aniqlash imkoni yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik fikrlash va diagnostik ong darajalari verbal va noverbal muloqotning nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishgat qaratilgan so‘z-mantiqiy tafakkurning shakllanishi hamda faol va pozitiv nutqni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyatini innovatsion ta’lim muhitida shakllatirish mohiyatini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik madaniyati shakllanishi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlarning bir-birini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi axborot-kommunikatsion, hamda madaniy-estetik sifatlarining dinamik namoyon bo‘lishi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim mazmuni bilan birga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim darajasi oshirilishi hamda diagnostik madaniyatni innovatsion ta’lim muhitida shakllantirish imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy faolligi an’anaviy va noan’anaviy didaktik imkoniyatlar mazmunini pedagogik maqsadlar tadbiqiga qaratilgan imitatsion didaktik o‘yinlar, erkin topshiriqlar mazmuni bilan idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asosan berilgan 676-086 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion ta’lim muhitida diagnostik madaniyatning pedagogik-psixologik shartlari autopsxologik treninglarni qo‘llashga sharoit yaratilgan.