Norqobilov Nusratilla Norsaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiyalardan samarali foydalanish asosida mintaqa iqtisodiyoti barqaror o‘sishini ta’minlash», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2482.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqticodiyot fanlari
doktori, professor; Madenova El`mira Nzamatdinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyoti barqaror o‘sishini ta’minlashda uning investision salohiyatidan unumli foydalanish, investisiyalarning hudud iqtisodiy o‘sishidagi samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyoti yetakchi tarmoqlari investision jozibadorligi va raqobatbardoshligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi resurs, ishlab chiqarish, iste’mol, infratuzilma, innovatsion, mehnat, institusional, moliyaviy salohiyat guruhlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
janubiy mintaqa YaHM o‘rtacha o‘sishining 70,4 foizi markazlashgan va 29,6 foizi markazlashmagan investisiyalar hisobidan bo‘lishligi korrelyasion-regression jarayonli yondashuvi yordamida asoslangan;
janubiy mintaqa tumanlarida yashil innovatsiyalar, yashil energiyadan foydalanish, yuqori iqtisodiy o‘sish, institusional qulaylik omillari asosida qisqa (7-9 foiz) va uzoq (14-17 foiz) muddatli investision samaradorlikka erishish taklifi asoslangan;
mintaqalarni kompleks rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi 2022-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiyalardan samarali foydalanish asosida mintaqa iqtisodiyoti barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyoti yetakchi tarmoqlari investision jozibadorligi va raqobatbardoshligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi resurs, ishlab chiqarish, iste’mol, infratuzilma, innovatsion, mehnat, institusional, moliyaviy salohiyat guruhlari bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021 yil 15 iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-con Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 29 noyabrdagi 07-07/3186-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada investisiyalarni istiqbolli sohalarga yo‘naltirish hamda investision jozibardorlikni oshirish imkoniyati yaratilgan;
Janubiy mintaqa YaHM o‘rtacha o‘sishining 70,4 foizi markazlashgan va 29,6 foizi markazlashmagan investisiyalar hisobidan bo‘lishligi korrelyasion-regression tahlil yondashuvi yordamida asoslash bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021 yil 15 iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-con Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 29 noyabrdagi 07-07/3186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida markazlashgan va markazlashmagan investisiyalardan foydalanish samaradorligi 7-8 foizga oshishiga olib kelgan;
janubiy mintaqa tumanlarida yashil innovatsiyalar, yashil energiyadan foydalanish, yuqori iqtisodiy o‘sish, institusional qulaylik omillari asosida qisqa (7-9 foiz) va uzoq (14-17 foiz) muddatli investision samaradorlikka erishish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021 yil 15 iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-con Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 29 noyabrdagi 07-07/3186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida janubiy mintaqa tumanlari iqtisodiyot tarmoqlari ixtisoslashuvi natijasida YaHM ni o‘rtacha yiliga 8-12 foizga oshishiga olib kelgan;
mintaqalarni kompleks rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi 2022-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021 yil 15 iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-con Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2022 yil 29 noyabrdagi 07-07/3186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Janubiy mintaqa (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida) yalpi hududiy mahsulot hajmining istiqboldagi rivojlanishini hisobga olib, 2022-2028 yillarda mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlari ishlab chiqarish hajmlari tendensiyalarini prognoz qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.