Baymuradov Shoxrux Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron savdolarni rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt872.
Ilmiy rahbar: Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron savdolarni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “elektron savdo” tushunchasining mohiyati internet tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha turdagi tovar va xizmatlarni sotish hamda sotib olish bilan bog‘liq biznes jarayonlari orqali namoyon bo‘luvchi raqamli iqtisodiyot sohasiga oid xususiyatlarni ifodalash yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
elektron savdo va uning ochiq faoliyati uchun zarur infratuzilma elementlaridan iborat “Raqamli ekotizim” tarkibining o‘zaro ichki muvofiqligin ta’minlashga ko‘ra chakana savdo yalpi hajmining o‘sish sur’atini oshirish chegarasi asoslangan;
davlat byudjeti tashkilotlari uchun mahsulot va xizmatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron xaridini amalga oshirishda bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravari hajmida belgilash davlat xaridlari jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning optimal chegarasi ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va elektron savdolar orqali sotish hajmining 2026 yilga qadar o‘sish sur’atlari prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron savdolarni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra internet tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha turdagi tovar va xizmatlarni sotish hamda sotib olish bilan bog‘liq biznes jarayonlari orqali namoyon bo‘luvchi raqamli iqtisodiyot sohasiga oid xususiyatlarni ifodalash yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan “elektron savdo” tushunchasining mohiyati “Davlat iqtisodiyoti va siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur takomillashtirilgan ta’rifning kiritilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida elektron savdo to‘g‘risidagi nazariy tushunchalarning yanada mustahkamlanishi hamda amaliyotga joriy etish borasidagi ko‘nikmalarning shakllanishiga imkon yaratgan;
elektron savdo va uning ochiq faoliyati uchun zarur infratuzilma elementlaridan iborat “Raqamli ekotizim” tarkibining o‘zaro ichki muvofiqligin ta’minlashga ko‘ra chakana savdo yalpi hajmining o‘sish sur’atini oshirish chegarasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 noyabrdagi PQ-14-sonli “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 03/17-03-20/35-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida elektron tijorat sohasida faoliyat yuritish imkoniyatlari kengaytirilgan va elektron savdo elementlari faoliyati uchun qonuniy asos yaratilgan;
davlat byudjeti tashkilotlari uchun mahsulot va xizmatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron xaridini amalga oshirishda bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravari hajmida belgilash davlat xaridlari jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning optimal chegarasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 03/17-03-20/35-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat xaridlari bo‘yicha axborot tizimlariga xarid qilish tartib-tamoyillarining elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ularni modernizatsiya qilish belgilangan;
O‘zbekiston Respublikasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va elektron savdolar orqali sotish hajmining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘sish sur’atlarining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston -2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 03/17-03-20/35-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va elektron savdolar orqali sotish hajmining uzoq muddatli istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.