Ibragimov Jaxongir Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3762.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissi refleksiv-prognostik ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini nazorat qilish, pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuvchanlik jarayonining integrativligini muqobillik va variativlik muhitiga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’ulyat xissini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jaryon modeli tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlari asosida individual ta’lim traektoriyasini tanlash, hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishga imkon beruvchi identivlik darajasi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish jarayoni internal va fanlararo integratsiya bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish va talabalar bilimini kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
talabalar ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlanganligini baholash mezonlari nostandart vaziyatlarida samarali harakat qilish ko‘nikmalarining kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi mantiqiy topshiriqlarni ishlab chiqish va bajarilishini doimiy nazorat qilish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarning ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissi refleksiv-prognostik ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini nazorat qilish, pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuvchanlik jarayonining integrativligini muqobillik va variativlik muhitiga optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4268-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish jarayonining mohiyati hamda ijtimoiy-kasbiy, pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’ulyat xissini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jaryon modeli tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlari asosida individual ta’lim traektoriyasini tanlash, hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishga imkon beruvchi identivlik darajasi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar oid takliflar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat xissini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
talabalarda ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirish jarayoni internal va fanlararo integratsiya bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish va talabalar bilimini kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirishda kasbiy-pedagogik layoqatini qaror tomtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashga erishilgan;
talabalar ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlanganligini baholash mezonlari nostandart vaziyatlarida samarali harakat qilish ko‘nikmalarining kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi mantiqiy topshiriqlarni ishlab chiqish va bajarilishini doimiy nazorat qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 noyabrdagi 02-07-4265-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarining talabalarida ijtimoiy-kasbiy mas’uliyat hissini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi takomillshatirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish