Suvanova Kamola Raimqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped 924.
Ilmiy raxbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, profeccor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti huzuridagi PhD. 03/30.01.2020.Ped.02.06
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi aqliy salohiyat va intellektual, emotsional-axloqiy tayyorgarlik, kreativ salohiyat,  kabi sub’ektiv omillar kreativ muhitning produktiv ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan volyuntativ-empatik darajasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at asarlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirish jarayonlari ijod namunalarini anglash, baholash, sistemalash, stillarga ajratish, ular mohiyatini dunyoqarash sifatida ontologik tushunishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy, akmeologik va aksiologik yondashuvlarning o‘zaro integrativ dinamikasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishning pedagogik modeli badiiy ta’limga doir innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar uyg‘unligi bilan bog‘liq maqsadli, refleksiya, transformatsiya, kreativlikka xos taktik, intensiv ta’sir ko‘rsatish, rag‘batlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan operativ vazifalarning qayta aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tasviriy san’at asarlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirish bo‘yicha mayda barmoqlar motorikasi, rang tasvirlarni anglash va ifodalash, kreativlikka o‘rgatish metodikalarini ishlab chiqish bilan  bog‘liq didaktik shart-sharoitlari motivatsion yutuqlar diagnostikasi va kreativ topshiriqlar majmuidan kompleks foydalanishning pedagogik mexanizmini dekriptorlar bilan integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi aqliy salohiyat va intellektual, emotsional-axloqiy tayyorgarlik, kreativ salohiyat,  kabi sub’ektiv omillarni kreativ muhitning produktiv ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan volyuntativ-empatik darajasini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirish, tasviriy san’at asarlari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirish jarayonlarini ijod namunalarini anglash, baholash, sistemalash, stillarga ajratish, ular mohiyatini dunyoqarash sifatida ontologik tushunishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy, akmeologik va aksiologik yondashuvlarning o‘zaro integrativ dinamikasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tasviriy san’at fanini o‘qitish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1572-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda tasviriy san’at fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishning pedagogik modelini badiiy ta’limga doir innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar uyg‘unligi bilan bog‘liq maqsadli, refleksiya, transformatsiya, kreativlikka xos taktik, intensiv ta’sir ko‘rsatish, rag‘batlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan operativ vazifalarning qayta aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, katalog-al`bomlar va materiallarni tayyorlash hamda chop etish rejasining (№07-01/1-998) o‘quv-metodik majmualarini yaratish qismini bajarishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 noyabrdagi 01/11-02/02-1572-son ma’lumotnomasi).  Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni tasviriy san’at namunalari vositasida shakllantirishning didaktik ta’minoitini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
 tasviriy san’at asarlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlikni shakllantirish bo‘yicha mayda barmoqlar motorikasi, rang tasvirlarni anglash va ifodalash, kreativlikka o‘rgatish metodikalarini ishlab chiqish bilan  bog‘liq didaktik shart-sharoitlarini motivatsion yutuqlar diagnostikasi va kreativ topshiriqlar majmuidan kompleks foydalanishning pedagogik mexanizmini dekriptorlar bilan integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi”, “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 01-13-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirishda maktab, oila va ommaviy axborot vositalari hamkorligini ta’minlshga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish