Abduraxmanov Muxtor Xujayarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim muhitida talabalarda axborot xavfsizligining didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2450.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni axborot xavfsizligi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga yordam beradigan pedagogik shartlarning nazariy-metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida talabalarning axborot xavfsizligi va ular o‘rtasidagi ta’limiy harakatlarni identiv boshqarish jarayonining metodik tizimini tashkil etuvchi o‘quv-uslubiy faoliyat, tashkiliy-faoliyatli, natijaviy-baholash qismlari mazmuni o‘qitish sub’ektlarida gipokineziya va gipodinamiyaning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish funksiyalariga tayanish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning axborot xavfsizligiga oid ko‘nikmalari kasbiy faoliyat bilan bog‘lanib, axborot xavfsizligini amalga oshirish, elektron ta’lim muhitiga axborot xavfsizligi tushunchalarini joriy etish va axborot xavfsizligini o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish, virtual ta’limdagi virtual addiksiyani rivojlantirish simptomlari hamda mezonlarini aniqlash orqali axborot xavfsizligini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida axborot xavfsizligini didaktik ta’minoti mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy va kommunikatsion omilarini tasniflash, o‘quv fanlarining axborot xavfsizligi, uning elementlari va ularning xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa fanlar bilan bog‘liqligi qonuniyatlariga asoslangan holda profilaktik yo‘nalishlarni aniqlashtirish asosida boyitilgan;
 “Axborot xavfsizligi” o‘quv kursining mazmuni kasbiy yo‘naltirilgan va umumkasbiy fanlar bilan uzviylashtirilgan tuzilmasi tarmoq texnologiyasiga oid masalalarni dasturlashtirish kompetentligini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida talabalarda axborot xavfsizligini shakllantirish tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga doir takliflar asosida:
elektron ta’lim muhitida talabalarning axborot xavfsizligi va ular o‘rtasidagi ta’limiy harakatlarni identiv boshqarish jarayonining metodik tizimini tashkil etuvchi o‘quv-uslubiy faoliyat, tashkiliy-faoliyatli, natijaviy-baholash qismlari mazmuni o‘qitish sub’ektlarida gipokineziya va gipodinamiyaning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish funksiyalariga oid ilmiy-metodik natijalardan OT – Atex -2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 noyabrdagi 02-07-4169/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif oliy ta’lim muassasasalarida axborot xavfsizligi fanidan talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning axborot xavfsizligiga oid ko‘nikmalari kasbiy faoliyat bilan bog‘lanib, axborot xavfsizligini amalga oshirish, elektron ta’lim muhitiga axborot xavfsizligi tushunchalarini joriy etish va axborot xavfsizligini o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish, virtual ta’limdagi virtual addiksiyani rivojlantirish simptomlari hamda mezonlarini aniqlash orqali axborot xavfsizligini rivojlantirish mazmuniga oid taklif va tavsiyalardan «Axborotni himoyalash» nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 noyabrdagi 02-07-4169/04-son ma’lumotnomasi, Samarqand davlat universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 2-son qaroriga asosan 367-son nashr ruxsatnomasi). Mazkur qo‘llanma Dasturiy injiniring, Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishlari talabalarining axborot xavfsizligini o‘rganish sharoitida xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq holda elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
elektron ta’lim muhitida axborot xavfsizligini didaktik ta’minoti mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy va kommunikatsion omilarini tasniflash, o‘quv fanlarining axborot xavfsizligi, uning elementlari va ularning xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa fanlar bilan bog‘liqligi qonuniyatlariga asoslangan holda profilaktik yo‘nalishlari aniqlashtirishga oid takliflardan I-XT-0-19929-rakamli “Ta’lim qoraqalpok tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar buyicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 noyabrdagi 02-07-4169/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot xavfsizligi” ning didaktik ta’minotini takomillashtirishning nazariy imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish