Ibragimova Feruza Xolboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I . Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini  Angliya madaniyatiga qiziqishlarini shakllantirish orqali takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped19.

Ilmiy rahbar: Annamuratova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika unversiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

 Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori professor; Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida Angliya madaniyatiga qiziqishni shakllantirish orqali  kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini ifodalovchi motivatsion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bosqichlari belgilangan;

talabalarning Angliya madaniyati, milliy qadriyatlariga bo‘lgan qiziqishlari, hissiy-emotsional faoliyati, kasbiy va shaxsiy kompetensiyasining rivojlanish darajasi  aniqlangan;

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari «Angliya madaniyati», «Madaniyatshunoslikka oid yondashuvlar», «Zamonaviy o‘qituvchining kompetensiyasi» mavzularida mashg‘ulotlar majmui ishlab chiqilgan; 

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining Angliya madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish orqali kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun «Zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi», «O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish» nomli tavsiyalar  ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Angliya madaniyatini o‘rganish asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:

o‘quvchilarni Angliya madaniyatiga o‘rgatish bo‘yicha bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining metodik kompetentligini baholash parametrlaridan «Xalq ta’limi muassasalari rahbar xodimlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yilgan davlat talablari»ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan («O‘zstandart» agentligining 2013 yil 5 martdagi qarori bilan tasdiqlangan va 2767: 2013 3523 raqam bilan davlat reestrida ro‘yxatga olingan). Ushbu davlat talablarining  joriy etilishi chet tillar o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirish jarayonida kasbiy kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan;

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetentligi darajasining shakllanganlik ko‘rsatkichlarining motivatsion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy –kommunikativ va refleksiv mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida»gi, 2012 yil 11 dekabrdagi 488-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2012 yil 22 dekabrdagi 295/1 IMO-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni tayyorlash jarayonida foydalanilgan. Ushbu mezonlar tizimi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yilgan malakaviy talablar mazmuniga singdirilgan hamda takomillashtirilgan fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;

 bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, nazariy-amaliy asoslari, didaktik ta’minoti hamda texnologik jihatlari oliy ta’lim, XTV muassasalarida «Umumiy pedagogika» «Pedagogika», «Ingliz tili» fanlaridan o‘quv dasturlari mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 9 yanvardagi 01-02 /3-5-son buyrug‘i). Natijada takomillashtirilgan didaktik ta’minotning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish