Axmedova Shaxzoda Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirishda innovatsion yondashuv (xorijiy tajribalar asosida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1268.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Hasanova Kibriyo Hasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shaxnoza Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xorijiy tajribalar asosida talabalar bilimini baholashning innovatsion yondashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha monitoring dasturining tuzilmasi va mazmuni xorijiy universitetlarning tajribasini (kredit-modul tizimi, akademik muhitdagi dinamik o‘zgarishlar, “bilimlarni tijoratlashtirish», “transmilliy ta’lim”) hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
ta’lim sifati konsepsiyasining mazmuni ta’lim jarayonining operatsion-korrelyativ bosqichlarini belgilash hamda oliy ta’lim sifati va raqobatbardoshligini ta’minlovchi pedagogik mexanizmlarni aniqlash asosida boyitilgan;
oliy ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar (reyting; kompetensiyani me’yoriy tavsiflashga yo‘naltirilgan akademik sozlash; xodimlar tarkibi va ularning kompetensiya darajasi) ta’lim natijalarining monitoringiga oid funksional-jarayonli vazifalarni tasniflash asosida aniqlangan;
professor-o‘qituvchi va talabalar kasbiy kompetensiyasini oshirish imkoniyatlari ta’lim sifatini baholashning psixologik, tashkiliy-pedagogik va gnoseologik qonuniyatlarini motivatsion-kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlar namoyon bo‘lishiga ijobiy ta’siri mavjudligini belgilash asosida kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining baholash tizimini takomillashtirishga innovatsion yondashuvni o‘rganish natijalariga ko‘ra:
ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha monitoring dasturining tuzilmasi va mazmuni xorijiy universitetlarning tajribasini (kredit-modul tizimi, akademik muhitdagi dinamik o‘zgarishlar; “bilimlarni tijoratlashtirish», “transmilliy ta’lim”) hisobga olgan holda aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalarda Samarkand viloyat teleradiokompaniyasida 2021 yil 5 yanvar` kuni efirga uzatilgan "Ta’lim va tarakkiyot" ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 yanvardagi 09-01/15-son ma`lumotnomasi). Natija yoshlar o‘rtasida innovatsion g‘oyali loyixalarni yaratishga xizmat qilgan;
ta’lim sifati konsepsiyasining mazmuni ta’lim jarayonining operatsion-korrelyativ bosqichlarini belgilash hamda oliy ta’lim sifati va raqobatbardoshligini ta’minlovchi pedagogik mexanizmlarni aniqlashga oid takliflarda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va Oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi “Mahalla va Oila” ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan JHBL88-raqamli "Mahalliy boshqaruv: Xorij tajribasi" mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarning bajirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va Oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi “Mahalla va Oila” ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 25 martdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini baholash tizimi xorijiy tajribalardan foydalanish hamda ta’lim jarayonini optimizatsiyalash, pedagogik kadrlarni xorijiy tajriba metodlar bilan takomillashtirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar (reyting; kompetensiyani me’yoriy tavsiflashga yo‘naltirilgan akademik sozlash; xodimlar tarkibi va ularning kompetensiya darajasi) ta’lim natijalarining monitoringiga oid funksional-jarayonli vazifalarni tasniflash asosida aniqlash, professor-o‘qituvchi va talabalar kasbiy kompetensiyasini oshirish imkoniyatlari ta’lim sifatini baholashning psixologik, tashkiliy-pedagogik va gnoseologik qonuniyatlarini motivatsion-kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlar namoyon bo‘lishiga ijobiy ta’siri mavjudligini belgilash asosida kengaytirishga oid tavsiyalardan Jahon Bankining “Akademik Innovatsiyalar fondi” (AIF)ning “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” grantida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 9 oktyabrdagi 10-3968-son ma’lumotnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilar faoliyatini ta’lim sifatini baholash tizimi orqali takomillashtirishning innovatsion yondashuvlari aniqlash imkoniyatini kengaytirgan.