Xodjayorova Bahora Akram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ  yondashuv  asosida o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning pedagogik shart-sharoitlari (5-6 sinf o‘quvchilari misolida)” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2827. 
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, dosent Narzikulova Dilnoza Xashimjonovna.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-6-sinf o‘quvchilarining  ijtimoiylashuvini ta’minlashda kreativ yondashuvning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish,  mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishda  kreativ yondashuvni tatbiq etish o‘smirlar ijodini shakllantirishning pedagogik asoslari (maqsadli yo‘naltirish, madaniyat bilan to‘ldirilgan muhit mazmuni, faoliyat texnologiyasi va mexanizmlari, mezon va ko‘rsatkichlar) shaxs madaniy shakllanishining asosiy mexanizmi sifatida aniqlangan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi va umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashqari hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi o‘quvchilarni ijodkorlika yo‘naltirish va madaniy-innovatsion  faoliyat, kreativ ta’lim va shaxslararo muloqot, madaniyat va texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;    
zamonaviy o‘smirlarning ijodiy potensialini shakllantirish uchun shart-sharoitlar sifatida o‘quvchilarning madaniy faoliyatini tashkil etishga va o‘qituvchilarni ushbu jarayonga (tashkiliy, motivatsion, ijtimoiy-pedagogik, texnologik) tayyorlashga yordam beradigan madaniy-ma’rifiy muhitni yaratish uchun psixologik hamda pedagogik  shart-sharoitlar aniqlangan.
o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishda integrativlik, maqsad, mazmun, texnologik va pedagogik pozisiyalarning birligiga asoslanish orqali o‘quvchilar ijodini rivojlantirish  tizimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kreativ  yondashuv  asosida o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishda  kreativ yondashuvni tatbiq etish orqali o‘smirlar ijodini shakllantirishning pedagogik asoslari (maqsadli yo‘naltirish, madaniyat bilan to‘ldirilgan muhit mazmuni, faoliyat texnologiyasi va mexanizmlari, mezon va ko‘rsatkichlar) shaxs madaniy shakllanishining asosiy mexanizmiga oid takliflar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-6 sinf o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirish imkoni oshirilgan;
o‘quvchilarni ijodkorlika yo‘naltirish va madaniy-innovatsion  faoliyat, kreativ ta’lim va shaxslararo muloqot, madaniyat va texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktabi va umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashqari hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarning shaxsiy va ijodiy shakllantirish va ijtimoiylashtirishning o‘quv tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishda integrativlik, maqsad, mazmun, texnologik va pedagogik pozisiyalarning birligiga  asoslanish orqali o‘quvchilar ijodini rivojlantirish  tizimiga oid takliflar YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ijtimoiylashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy muhitni yaratish imkoni oshirilgan;
zamonaviy o‘smirlarning ijodiy potensialini shakllantirish uchun shart-sharoitlar sifatida o‘quvchilarning madaniy faoliyatini tashkil etishga va o‘qituvchilarni ushbu jarayonga (tashkiliy, motivatsion, ijtimoiy-pedagogik, texnologik) tayyorlashga yordam beradigan madaniy-ma’rifiy muhitni yaratish uchun psixologik hamda pedagogik  shart-sharoitlarga oid takliflar PZ-20140906164153 raqamli “Ilmiy pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyuldagi 02-07-1940/04-son ma’lumotnomasi). Natijada keraktiv yondashuv  asosida o‘quvchilarning shaxsiy va ijodiy resurslarini  shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi mezon va ko‘rsatkichlarini asoslashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish