Supieva Buxolida Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1922.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish jarayoni uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi variativ o‘quv kurslari modullariga 3D va QRli topshiriqlar, VR/AR – texnologiyasiga asoslangan o‘quv resurslar, videodarslar va trenajyorlarning tarkiblashtirilgan toifa darajalarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tezkor aloqa, zamon va makon, jarayon va hodisalar, real va virtual resurslarni kompyuterda vizualizatsiya qilish hamda yuqori natijalarga tez erishish va qaror qabul qilish, tinglovchining iste’mol kul`tini pedagogik mazmunga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini doimiy rivojlantirishda bo‘ladigan qiziqish, taqlid faoliyati va harakatlar, mustaqil ijod, professional va ijodiy usul bosqichlari hamda ijodkolrlikni harakatlantiruvchi ehtiyoj va kognitiv faollik motivatsiyalarini shaxsiy xususiyatlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish samaradorligi “VUCA – dunyo”sida beqarorlik, noaniqlik, murakkablik, ikkilanish narrativlari, sun’iy intellekt, jismoniy va virtual voqelikning konvergensiyasi, jarayonning o‘zgaruvchan xususiyatlari hamda “Avlodlar nazariyasi”ni kiritib moslashuvchanlik, empatiya, bilimlar generatsiyasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida tinglovchilar ijodiy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish jarayoni uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi variativ o‘quv kurslari modullariga 3D va QRli topshiriqlar, VR/AR – texnologiyasiga asoslangan o‘quv resurslar, videodarslar va trenajyorlarning tarkiblashtirilgan toifa darajalarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 02-07-4651/04-son dalolatnomasi). Natijada uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarida tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tezkor aloqa, zamon va makon, jarayon va hodisalar, real va virtual resurslarni kompyuterda vizualizatsiya qilish hamda yuqori natijalarga tez erishish va qaror qabul qilish, tinglovchining iste’mol kul`tini pedagogik mazmunga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 02-07-4651/04-son dalolatnomasi). Natijada uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonida tinglovchilarning ijodkorlik va kreativ fikrlash kabi kasbiy kompetensiyalari shakllantirish samaradorligi oshgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini doimiy rivojlantirishda bo‘ladigan qiziqish, taqlid faoliyati va harakatlar, mustaqil ijod, professional va ijodiy usul bosqichlari hamda ijodkolrlikni harakatlantiruvchi ehtiyoj va kognitiv faollik motivatsiyalarini shaxsiy xususiyatlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 02-07-4651/04-son dalolatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ichki va tashqi motivatsiyasini boshqarish va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirishga sharoit yaratilgan;
tinglovchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish samaradorligi “VUCA – dunyo”sida beqarorlik, noaniqlik, murakkablik, ikkilanish narrativlari, sun’iy intellekt, jismoniy va virtual voqelikning konvergensiyasi, jarayonning o‘zgaruvchan xususiyatlari hamda “Avlodlar nazariyasi”ni kiritib moslashuvchanlik, empatiya, bilimlar generatsiyasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 dekabrdagi 02-07-4651/04-son dalolatnomasi). Natijada tinglovchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish