To‘lanova Baxrixon Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishni takomillashtirish (“Elektr va magnetizm” fani misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1407.
Ilmiy rahbar: Boltaeva Muxayyo Lutfullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Ahmadjon Qo‘shaqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar Omonboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Elektr va magnetizm” fanining yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularini innovatsion yondashuv asosida o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Elektr va magnetizm” fani tarkibiga kiruvchi yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularning konseptual asoslari mantiqiy jadvallar tizimini ishlab chiqish, texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishning eksperimental asoslarini frontal laboratoriya ishlari (tranzistorni o‘rganish) va tadqiqot darslari (tadqiqot davomida olingan natijalar va ularning ahamiyati)ni o‘tkazish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlardan foydalanib yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitish metodi vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
innovatsion yondashuv asosida yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni bayon etish o‘quv mashg‘ulotining tuzilmasini ishlab chiqish asosida o‘qitish jarayoni didaktik talablar bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Elektr va magnetizm” fani tarkibiga kiruvchi yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularning konseptual asoslari mantiqiy jadvallar tizimini ishlab chiqish, texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Fizikadan tipik masalalar va ularning echimlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-t-042-son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma mazmunini ilmiy jihatdan boyitilishga erishilgan.
talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishning eksperimental asoslarini frontal laboratoriya ishlari (tranzistorni o‘rganish) va tadqiqot darslari (tadqiqot davomida olingan natijalar va ularning ahamiyati)ni o‘tkazish orqali takomillashtirishlga doir taklif va tavsiyalardan “Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan foydalanilgan (Ausbildung und Arbeit Plus GmbH Germaniya ta’limni rivojlantirish markazining 2020 yil 31 oktyabrdagi 29.28207-son ma’lumotnomasi). Natijada real va tasavvurda taqqoslash, mantiqiy jadvallar tizimi, SWOT tahlil metodi, boshqa element yoki kirishma kiritilgan kremniyni o‘rganishdan foydalanish usullari talabalarda yarimo‘tkazgichlarga doir mavzular bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish darajasining oshirilishiga erishilgan;
talabalarning kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlardan foydalanib yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitish metodi vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan va innovatsion yondashuv asosida yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni bayon etish o‘quv mashg‘ulotining tuzilmasini ishlab chiqish asosida o‘qitish jarayoni didaktik talablar bilan uyg‘unligini ta’minlash takomillashtirishga doir takliflaridan “Fizikadan tipik masalalar va ularning echimlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘iga asosan 538-t-042-son nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida “Elementar fizikadan masalalar echish” fani mazmunini takomillashtirishga va o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan.