Ikromova Muazzam Dilmurod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash metodikasi (ingliz tili misolida)”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped956.
Ilmiy rahbar: Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Xashimova Dil`darxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha talab va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
      Oliy ta’lim tizimida CEFR asosida chet tili ta’limiga qo‘yilgan lingvistik talab va ko‘rsatmalar hamda belgilangan huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR til malaka talablarga muvofiq kasbiy tayyorlash jarayonining bosqichlari aniqlashtirilgan;
      oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda CEFR asosida lisoniy-malakaviy talablar bilan birgalikda kasbiy malaka talablarining integrasiyasini ta’minlash yuzasidan  uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularni o‘qitish jarayonlariga tatbiq etish orqali o‘quv-metodik ta’minot boyitilgan;
     oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash tuzilmasi refleksiv-baholovchi, reproduktiv, faoliyatga doir komponentlarining  individual  ta’sir ko‘rsatish omillari  faollashtirish  mashqlari orqali  takomillashtirilgan; 
     oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda CEFR didaktik tizimini joriy qilish  o‘quv faoliyatining amaldagi holati o‘qituvchi faoliyatini aniq tartiblangan jarayonini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash tuzilmasi refleksiv-baholovchi, reproduktiv, faoliyatga doir komponentlarining  individual  ta’sir ko‘rsatish omillari  faollashtirish mashqlari orqali takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan Namangan davlat universitetida bajarilgan PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan  vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 16 martdagi 02-07-755/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini CEFR asosida kasbiy tayyorlash tuzilmasi aniqlashtirilgan; oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda CEFR didaktik tizimin joriy qilish o‘quv faoliyatining samarali natijalari o‘qituvchi faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan izchillik tamoyillari hamda ulardan kelib chiqqan intensiv til ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001) raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim jarayonini modernizasiyalash va xalqaro almashinuvini rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 16 martdagi 02-07-755/04-son ma’lumotnomasi).  Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda CEFR asosida o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish
metodik jihatlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish