Abdupattaev Hasanboyning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalari” (7-sinf o‘quvchilar misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3510.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahkamov Ulfat Mahkamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning metodik xususiyatlari tarbiya jarayonini tashkil etishga doir tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, refleksiv, germenevtik, sinergetik yondashuvlarning andrologik, akmeologik, kommunikativ paradigmalar bilan pedagogik transformatsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiya fanini o‘qitishga doir o‘quv materiallarini tizimlashtirishning metodik jihatlari o‘quv-bilish, kommunikativ, umummadaniy, kognitiv, axborot bilan ishlashga doir kompetensiyalarni ta’lim mazmunining fanlararo va ichki integratsiyasi intensivligini ijtimoiylashuv jarayonlari bilan qayta aloqasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning didaktik modelining mazmunli-tuzilmaviy bloki kognitiv, emotsional, xulq-avtorga doir komponentlarning o‘quvchilarda qadriyatli yo‘nalganlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan hayotiy ko‘nikmalar bilan refleksivlik darajasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning kognitiv, amaliy, shaxsga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim texnologiyalari tadqiqotchilik ishlari, badiiy-texnik ijodkorlik, rolli va ishchanlik o‘yinlari, verbal va noverbal muloqot, teatrlashtirish, psixologik treninglarni yaxlit o‘z ichiga qamrab oluvchi texnologik-refleksiv tarbiyaviy ish shakllari bilan innovatsion yo‘nalganligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning metodik xususiyatlarini tarbiya jarayonini tashkil etishga doir tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, refleksiv, germenevtik, sinergetik yondashuvlarning andrologik, akmeologik, kommunikativ paradigmalar bilan pedagogik transformatsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiya fanini o‘qitishga doir o‘quv materiallarini tizimlashtirishning metodik jihatlarini o‘quv-bilish, kommunikativ, umummadaniy, kognitiv, axborot bilan ishlashga doir kompetensiyalarni ta’lim mazmunining fanlararo va ichki integratsiyasi intensivligini ijtimoiylashuv jarayonlari bilan qayta aloqasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining          2020 yil 6 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma bochqich amaliyotga joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 422-sona qaroriga asosan “Tarbiya” fanining o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 dekabrdagi 01/11-02/02-1804-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish mazmunini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning didaktik modelining mazmunli-tuzilmaviy blokining kognitiv, emotsional, xulq-avtorga doir komponentlarning o‘quvchilarda qadriyatli yo‘nalganlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan hayotiy ko‘nikmalar bilan refleksivlik darajasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanining nazariy-metodologik hamda uslubiy-metodik asoslarining dialektik aloqadorligini aniqlashtirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 28 dekabrdagi 01/11-02/02-1804-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishning kognitiv, amaliy, shaxsga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim texnologiyalarini tadqiqotchilik ishlari, badiiy-texnik ijodkorlik, rolli va ishchanlik o‘yinlari, verbal va noverbal muloqot, teatrlashtirish, psixologik treninglarni yaxlit o‘z ichiga qamrab oluvchi texnologik-refleksiv tarbiyaviy ish shakllari bilan innovatsion yo‘nalganligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Startap” (SP-1002/21). “Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ongni shakllantirish texnologiyasi” (2021 y.) startap loyihasining ekologik tarbiya jarayonlarining texnologiyalashtirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2021 yil 12 yanvardagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiya fanini o‘qitish jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish