Kaypnazarova Gul`shad Xojamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi mutanosiblikning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1270.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes korxonalaridagi iqtisodiy resurs yoki jarayonlarning ishlab chiqarish omili maqomiga muvofiq kelishini baholashni asosiy mezon (tamoyil)larni belgilab olish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi idoralar tomonidan kichik biznes korxonalari o‘rtasida resurslarning o‘zaro harakatini muvofiqlashtiruvchi guruhlarni shakllantirish orqali ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nomutanosiblik holatlarining oldini olish va faoliyatga salbiy ta’sir xavfini kamaytirish taklifi asoslangan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega idoralar tomonidan korxonalardagi ishlab chiqarish omillari mutanosibligi darajasi, ulardan foydalanish samaradorligining muntazam monitoringi va diagnostikasi, korxonaning joriy va istiqboldagi iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahat berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida band bo‘lgan ishchi kuchi omilini soha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ta’sirining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar asosida:
kichik biznes korxonalaridagi iqtisodiy resurs yoki jarayonlarning ishlab chiqarish omili maqomiga muvofiq kelishini baholashni asosiy mezon (tamoyil)larni belgilab olish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “2022 yilda kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/03-132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi kichik biznes korxonalaridagi ishlab chiqarish omillarini baholashning aniqligi hamda tadbirkorlar tomonidan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi oshgan;
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi idoralar tomonidan kichik biznes korxonalari o‘rtasida resurslarning o‘zaro harakatini muvofiqlashtiruvchi guruhlarni shakllantirish orqali ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nomutanosiblik holatlarining oldini olish va faoliyatga salbiy ta’sir xavfini kamaytirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “2022 yilda kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/03-132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes korxonalaridagi ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni aniqlash hamda korxonalarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bartaraf etish orqali soha iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniga erishilgan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega idoralar tomonidan korxonalardagi ishlab chiqarish omillari mutanosibligi darajasi, ulardan foydalanish samaradorligining muntazam monitoringi va diagnostikasi, korxonaning joriy va istiqboldagi iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahat berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “2022 yilda kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/03-132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, joriy va istiqboldagi iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kichik korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega idoralar tomonidan maslahat berish xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida band bo‘lgan ishchi kuchi omilini soha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ta’sirining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “2022 yilda kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/03-132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida band bo‘lgan ishchi kuchi omilini soha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ta’sirining uzoq muddatli istiqbollarini baholash asosida korxonalardagi ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi mutanosiblikning asosiy parametrlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan.