Jumaev Shuxratning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2199.
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Mirzohid Mirsobitovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini takomillashtirish asosida soliq mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tarkibida qo‘shimcha ravishda «Xavfni va transfert narxlarini tahlil qilish bo‘limi», «Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi bo‘limi» va «Aksiz solig‘i nazorati shu’basi»ni tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
yirik korxonalar toifasiga kiritishda mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha olinadigan miqdor darajasining 200 milliard so‘mdan yuqori bo‘lishi, mazkur mezonga muvofiq kelmay qolgan holatda yirik soliq to‘lovchi toifasida qoldirish muddatini bir yil qilib belgilash taklifi ishlab chiqilgan;
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Uzbekistan Airways» AJ misolida tovarlarni import qilish va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
foyda solig‘i to‘liqligicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan tijorat banklari hamda yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati hamda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlarni hududlar kesimida e’tiborga olish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tarkibida qo‘shimcha ravishda «Xavfni va transfert narxlarini tahlil qilish bo‘limi”, «Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi bo‘limi» va «Aksiz solig‘i nazorati shu’basi»ni tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 320-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 18/1-76496-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlararo davlat soliq inspeksiyalarining yirik soliq to‘lovchilar bilan ish faoliyati takomillashib, yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligi oshishiga imkon yaratgan;
yirik korxonalar toifasiga kiritishda mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha olinadigan miqdor darajasi 200 milliard so‘mdan yuqori bo‘lishi, mazkur mezonga muvofiq kelmay qolgan holatda yirik soliq to‘lovchi toifasida qoldirish muddatini bir yil qilib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 12 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan 3172-sonli «Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi 18/1-76496-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yirik korxonalar toifasiga kiritish tartibi takomillashib, yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligi oshishiga imkon yaratgan;
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Uzbekistan Airways» AJ misolida tovarlarni import qilish va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son qarorining 17-bandida tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 1 fevraldagi 18/1-07032-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik korxonalar o‘rtasida tovarlarni import qilish va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi takomillashib, yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligi oshishiga imkon yaratgan;
foyda solig‘i to‘liqligicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan tijorat banklari hamda yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati hamda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlarni hududlar kesimida e’tiborga olish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 1 fevraldagi 18/1-07032-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foyda solig‘i to‘liqligicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan 33 ta tijorat banklari hamda 78 ta yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati hamda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar hududlar kesimida e’tiborga olingan.