Bobojonov Baxrombek Ruzimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga talabni o‘rganishda marketing  usullaridan foydalanish”,  08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2293.
Ilmiy rahbar: Nabiev Dilmurod  Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Akbarov Nodir G‘ofurovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga talabni o‘rganishda marketing usullaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’molchiga yo‘naltirilganlik marketing tamoyili asosida mahalliy dori vositalari narxlarini barqarorligini ta’minlashda zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP = 35%), zarur distrib`yutorlik amaliyoti (GDP = 40%) va zarur farmatsevtika amaliyoti (GPP = 25%) nisbatlarini muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
dori-darmonlar assortimenti guruhlariga mos keluvchi iste’molchilarning xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq 5 ta segmentga ajratish hamda ular o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash orqali farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi samaradorligini oshirish asoslangan;
farmatsevtika mahsulotlari bozorida iste’molchilar xulq-atvor o‘zgarishlariga ta’sir etish darajasini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillar tizimi taklif etilib, ular ahamiyatlilik darajasining quyi (F5 = 1,804) va yuqori (F5 = 6,602) chegarasida mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga talabni samarali shakllantirish taklifi asoslangan;
aholi daromadlari o‘zgarishining farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi hajmiga ta’sirining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farmatsevtika mahsulotlari bozorida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iste’molchiga yo‘naltirilganlik marketing tamoyili asosida mahalliy dori vositalari narxlarini barqarorligini ta’minlashda zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP = 35%), zarur distrib`yutorlik amaliyoti (GDP = 40%) va zarur farmatsevtika amaliyoti (GPP = 25%) nisbatlarini muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tarmoqni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yil 18  oktyabrdagi 25-06/3189-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida, jumladan “DENTAFILL PLYUS” MChJ tizimidagi dorixona faoliyatining savdo rentabelligini 12 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
dori-darmonlar assortimenti guruhlariga mos keluvchi iste’molchilarning xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq 5 ta segmentga ajratish hamda ular o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash orqali farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tarmoqni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yil 18  oktyabrdagi 25-06/3189-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida, jumladan “DENTAFILL PLYUS” MChJda farmatsevtika mahsulotlari sotish hajmini 11 foizga qadar oshirish imkoni yaratilgan;
farmatsevtika mahsulotlari bozorida iste’molchilar xulq-atvor o‘zgarishlariga ta’sir etish darajasini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillar tizimi asosida ular ahamiyatlilik darajasining quyi (F5 = 1,804) va yuqori (F5 = 6,602) chegarasida mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga talabni samarali shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tarmoqni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yil 18  oktyabrdagi 25-06/3189-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida farmatsevtika tarmog‘i, jumladan “DENTAFILL PLYUS” MChJning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketing stragiyasini amalga oshirish yo‘riqnomasi ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
aholi daromadlari o‘zgarishining farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi hajmiga ta’sirining 2026 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tarmoqni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yil 18  oktyabrdagi 25-06/3189-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida farmatsevtika tarmog‘ining asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilib, jumladan, “DENTAFILL PLYUS” MChJ tomonidan farmatsevtika mahculotlari sotish hajmining 13 foizga oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish