Azimov Shahzod Qahhorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy moliya bozorini rivojlantirish sharoitida monetar siyosatni takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/I2508.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliya bozorini rivojlantirish sharoitida pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inflyasion targetlash rejimini to‘laqonli ishlashini ta’minlash maqsadida aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchi va iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini baholash orqali valyuta kursining huquqiy (de-jure) hamda amaliy (de facto) jihatdan erkin suzuvchi valyuta kursiga o‘tkazish zarurligi asoslangan;
pul-kredit siyosati transmission mexanizmining kredit kanallari o‘tkazuvchanligi va samaradorligini baholash orqali imtiyozli va maqsadli kreditlarni bozor tamoyillari asosida ajratish zarurligi ilmiy asoslangan;
inflyasiya darajasi va uning oraliq targetiga ta’sir etuvchi omillarni prognoz qilishda optimal kechikish indekslari, inflyasion tafovut va moliya bozori rivojlanganligi ko‘rsatkichlari asosida vaqt seriyali ma’lumotlar to‘plamiga mos modelni tanlash usuli ishlab chiqilgan;
qisqa muddatda inflyasion targetlash sharoitda iqtisodiy shoklarni oldini olish va boshqa iqtisodiy masalalarni hal etish uchun soliq va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish orqali avtomatik fiskal stabilizator instrumentlarini qo‘llash samarali ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy moliya bozorini rivojdlantirish sharoitida pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston sharoitida inflyasion targetlash rejimini to‘laqonli ishlashini ta’minlash maqsadida 2023 yil so‘nggiga qadar bosqichma-bosqich huquqiy (de-jure) va amaliy (de facto) jihatdan erkin suzuvchi valyuta kursiga o‘tish taklifi Moliya vazirligi tomonidan fiskal siyosatni bosqichma-bosqich yangi tartibga moslashtirish va Markaziy bank pul-kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 06/29-37/3586-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, pul-kredit siyosatini ichki narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan instrumentlarni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotdagi turli tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladigan stresslarni qisqa muddatda bartaraf etishda pul-kredit siyosati va fiskal siyosatni birgalikda yuritish sinergik samaraga ega ekanligini inobatga olgan holda avtomtik fiskal stabilizator instrumentlarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha berilgan taklif Moliya vazirligi tomonidan istiqboldagi siyosatni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 06/29-37/3586-son ma’lumotnomasi). Avtomtik fiskal stabilizator instrumentlarini tatbiq etish iqtisodiy o‘sishga 0,8 foiz miqdorida hissa qo‘shishi imkoni yaratilgan;
kapital aktivlar qiymatini baholash modeli (CAPM)dan foydalangan holda aksiyalarning kutilayotgan daromadlilik darajasini aniqlash ishlab chiqilgan metodologiya Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 06/29-37/3586-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan modelni qo‘llash moliyaviy resurslarning daromadlilik darajasi va bahosini 95 foiz aniqlikda baholash imkoni yaratilgan.