Bahriddinov Viqorjon Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda inflyasiyani targetlash siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt873.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida inflyasiyani targetlash siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash asosida makroiqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inflyasiyani targetlash siyosatini amalga oshirish mexanizmi makroiqtisodiy siyosatning monetar va nomonetar chora-tadbirlar majmuini shakllantirish va ularning ishlab chiqarish tafovutiga bog‘liqligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda inflyasiyani targetlash siyosatini joriy etish uchun talab etiladigan zaruriy shart-sharoitlarni institutsional, texnik, iqtisodiy va moliyaviy (ITEF factors) omillar asosida baholash orqali makroiqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
inflyasiyaning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini chegaraviy regressiya modeli (Threshold regression model) va shartli cheklangan ta’sirlar (Conditional marginal effects) usuli asosida tadqiq etish orqali inflyasiyaning “optimal” darajasi va inflyasiya oqibatida yuzaga keladigan potensial va haqiqiy YaIM o‘rasidagi uzilish miqdori aniqlangan;
inflyasiyani targetlash siyosatiga o‘tish bosqichida dinamik va avtoregressiya modellari (DMF, AR, VAR, ARIMA) asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘rta muddatli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda inflyasiyani targetlash siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
inflyasiya darajasini belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga (inflyasion targetga) erishish mexanizmi, makroiqtisodiy siyosatning monetar va nomonetar chora-tadbirlar majmuini shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan 2019 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining «Yo‘l xaritasi» ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 dekabrdagi 02-21-3/10-6985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida, inflyasiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda inflyasiyani targetlash siyosatini joriy etish uchun talab etiladigan zaruriy shart-sharoitlarni institutsional, texnik, iqtisodiy va moliyaviy (ITEF factors) omillar asosida baholash orqali makroiqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-sonli Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 dekabrdagi 02-21-3/10-6985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ichki iste’mol bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish va importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
inflyasiyaning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini chegaraviy regressiya modeli (Threshold regression model) va shartli cheklangan ta’sirlar (Conditional marginal effects) usuli asosida tadqiq etish orqali inflyasiyaning “optimal” darajasi va inflyasiya oqibatida yuzaga keladigan potensial va haqiqiy YaIM o‘rasidagi uzilish miqdorini aniqlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 dekabrdagi 02-21-3/10-6985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tavsiyalar va asosiy makroiqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
inflyasiya darajasini belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida dinamik va avtoregressiya modellari (DMF, AR, VAR, ARIMA) asosida ishlab chiqilgan prognozlaridan 2023-2026 yillar uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 26 dekabrdagi 02-21-3/10-6985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi va inflyasiya darajasi bo‘yicha o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish