Xodjaeva Gulshod Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
“Til normasi va o‘zbek tiliga german tillaridan kirib kelgan so‘zlarning leksikografik kodifikatsiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil897.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Atabay, filologiya fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Norbaeva Shukurjon  Xayitbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tiliga kirib kelgan german tillariga xos so‘zlarning kvantitativ va kvalitativ o‘zgarishlari, o‘zlashmalarning  asliga nisbatan imlo va talaffuz farqlarini  ko‘rsatish, ma’no o‘zgarishlarini  va qo‘llanilish sohalarini belgilash,  o‘zlashma so‘zlarni  tilimiz normasi va leksikografik kodifikasiya  mezonlari nuqtai nazardan  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norma va kodifikasiya talablariga mos, mezbon til egalariga muloqotda maqbul bo‘lgan, ijtimoiy shakllangan, mavzu va mohiyatga ko‘ra tanlangan, uslubiy chegaralangan, umumtushunarli bo‘lgan german tillari o‘zlashmalari sport, moliya hamda iqtisod sohasiga oid o‘zlashmalar tarzida mavzuiy jihatdan ajratilib, ularning leksik-semantik xususiyatlari asoslangan;
german tillariga mansub o‘zlashmalarning o‘zbek tili norma va kodifikasiya mezonlariga moslashish xususiyatlari, xususan, o‘zlashish jarayonida yuz bergan  ma’no o‘zgarishlari – ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’no mustaqilligi, o‘zaro ma’no munosabatlarda zidlik, ma’nodoshlik, variantdorlik yoki ko‘chma ma’no ifodalashi isbotlangan;    
o‘zbek tili lug‘at tizimiga tayanib izohlash qiyinchilik tug‘diradigan, sharhi butun-butun gap yoki kontekstni talab qiladigan – muqobili bo‘lmagan, kodifikasiyalashib ulgurmagan german tili o‘zlashmalarining leksik-semantik o‘ziga xosliklari vaqtli matbuot asosida dalillangan;
lug‘at va qomuslarimizda hali qayd qilib ulgurilmagan, biroq tilimizning og‘zaki so‘zlashuv me’yorlariga mushtarak bo‘lgan 500ga yaqin o‘zlashmaning leksikografik kodifikatsiyasi masalasi va ayrimlarining o‘zbek tilida yangi til birliklari yasalishiga asos bo‘lishi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Til normasi va o‘zbek tiliga german tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning leksikografik kodifikatsiyasi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili lug‘at tizimiga tayanib izohlash qiyinchilik tug‘diradigan, sharhi butun-butun gap yoki kontekstni talab qiladigan – muqobili bo‘lmagan, kodifikasiyalashib ulgurmagan german tili o‘zlashmalarining leksik-semantik o‘ziga xosliklari vaqtli matbuot asosida dalillanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekistan  Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 04 martdagi 82/1-son ma’lumotnomasi). Natijada german tillariga xos so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashish jarayonida tilimizning norma va kodifikasiya  mezonlariga moslashish xususiyatlari tahlil qilingan va ularning sabab va oqibatlarini ko‘rsatish, o‘zlashmalarning imlo, talaffuz va ma’no o‘zgarishlarini aniqlashga erishilgan;
norma va kodifikasiya talablariga mos, mezbon til egalariga muloqotda maqbul bo‘lgan, ijtimoiy shakllangan, mavzu va mohiyatga ko‘ra tanlangan, uslubiy chegaralangan, umumtushunarli bo‘lgan german tillari o‘zlashmalari sport, moliya hamda iqtisod sohasiga oid o‘zlashmalar tarzida mavzuiy jihatdan ajratilib, ularning leksik-semantik xususiyatlari asoslanganligiga oid natijalaridan O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012 – 2016 yillarda bajarilgan F1-FA- G002 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 04 martdagi 81/1-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy norma tushunchasi tarixiy va ijtimoiy-lisoniy hodisa ekanligi, uning jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda uzluksiz rivojlanib, takomillashib borishi o‘sha millat, xalq milliy adabiy tilining yuksakligini ko‘rsatishga xizmat qilishini aniqlashga erishilgan. Shuningdek, o‘zlashmalarning ma’no va mikdor jihatidan mavzulararo taqsimlanishi va kodifikasiyalanish mezonlari yoritib berilgan;
german tillariga mansub o‘zlashmalarning o‘zbek tili norma va kodifikasiya mezonlariga moslashish xususiyatlari, xususan, o‘zlashish jarayonida yuz bergan  ma’no o‘zgarishlari – ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’no mustaqilligi, o‘zaro ma’no munosabatlarda zidlik, ma’nodoshlik, variantdorlik yoki ko‘chma ma’no ifodalashi isbotlanganligiga oid xulosalaridan Xorazm va Xiva shahri tarixiga oid turistik tarqatma materiallar tayyorlashda hamda soha mutaxassislari, gid tarjimonlar va ekskursovodlarning tilimiz haqidagi umumiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 28 martdagi  110-son ma’lumotnomasi).  Natijada  sayyohlarga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning yanada mukammallashishiga va ulardagi so‘z ma’nolarining to‘liq ochib berilishiga erishilgan;
lug‘at va qomuslarimizda hali qayd qilib ulgurilmagan, biroq tilimizning og‘zaki so‘zlashuv me’yorlariga mushtarak bo‘lgan 500ga yaqin o‘zlashmaning leksikografik kodifikatsiyasi masalasi va ayrimlarining o‘zbek tilida yangi til birliklari yasalishiga asos bo‘lishi ochib berilganligiga oid  natijalardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari va eshittirishlari  ssenariylarini  tayyorlashda,  xususan,  «Assalom Xorazm» dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 apreldagi 431-son ma’lumotnomasi). Natijada german tillariga xos so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashish jarayonida tilimizning norma va kodifikatsiya mezonlariga moslashish xususiyatlari tahlil qilingan va ularning sabab hamda oqibatlarini ko‘rsatish, o‘zlashmalarning imlo, talaffuz va ma’no o‘zgarishlarini aniqlashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish