Achilova Firuza Kurbanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish (Shahrisabz tumani misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2416.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunbaevich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Cho‘ponov San’at Otanazarovich, iqticodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar, logistika, ta’lim va ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shahrisabz tumani kommunal xizmat ko‘rsatish samaradoligini oshirishning umumiy darajasi inson kapitali bo‘yicha yuqori (71.1 foiz), interaktiv xizmatlar qamrovi bo‘yicha o‘rta (58,7  foiz),  an’anaviy xizmat ko‘rsatish  bo‘yicha quyi (48,9 foiz) darajalarini qiyoslash asosida hududiy barqarorlikka erishish imkoniyatlari asoslangan;
Shahrisabz tumani kommunal xizmat ko‘rsatishni sohalar bilan integratsiyalashtirishni Guliston MFY  yuqori  (90-96 ball), Namaton MFY o‘rta (62 -67 ball), Chorshanbe MFY, Xontepa MFY va Oqdaryo MFYlarida sust  (35-41 ball), Sarchashma MFY, G‘ilon MFY va Xisorak MFY zaif  (26-31 ball) darajalari asosida reyting baholash tizimi taklif qilingan;
Shahrisabz tumanida xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini yagona platformada birlashtirish  asosida  xarajatlar  hajmini kamaytirish, resurslarni tejashni yo‘lga qo‘yish yordamida 75 foizdan 25 foizgacha qisqartirish taklifi asoslangan;
Shahrisabz tumanida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish ko‘rsatkichlarining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalardan asosida samarali tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Shahrisabz tumani kommunal xizmat ko‘rsatish samaradoligini oshirishning umumiy darajasi inson kapitali bo‘yicha yuqori (71.1 foiz), interaktiv xizmatlar qamrovi bo‘yicha o‘rta (58,7  foiz),  an’anaviy xizmat ko‘rsatish  bo‘yicha quyi (48,9 foiz) darajalarini qiyoslash asosida hududiy barqarorlikka erishish imkoniyatlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 23 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori ijrosi yuzasidan 283-4-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 01/13-6348-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshishi – zamonaviy texnologiyalarini keng joriy qilish hisobiga kommunal to‘lovlarini amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlar 48 foizga kamaytirilgan;
Shahrisabz tumani kommunal xizmat ko‘rsatishni sohalar bilan integratsiyalashtirishni Guliston MFY  yuqori  (90-96 ball), Namaton MFY o‘rta (62 -67 ball), Chorshanbe MFY, Xontepa MFY va Oqdaryo MFYlarida sust  (35-41 ball), Sarchashma MFY, G‘ilon MFY va Xisorak MFY zaif  (26-31 ball) darajalari asosida reyting baholash tizimi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 23 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori ijrosi yuzasidan 283-4-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 01/13-6348-son ma’lumotnomasi). Natijada Shahrisabz tumani MFYlarida kommunal xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan;
Shahrisabz tumanida xizmat ko‘rsatish sub’ektlari faoliyatini yagona platformada birlashtirish  asosida  xarajatlar  hajmini kamaytirish, resurslarni tejashni yo‘lga qo‘yish yordamida 75 foizdan 25 foizgacha qisqartirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 23 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori ijrosi yuzasidan 283-4-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 01/13-6348-son ma’lumotnomasi). Natijada kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlar va aholiga xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish samaradorligini oshirish hamda kommunal to‘lovlarni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash natijasida 35 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;
      Shahrisabz tumanida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish ko‘rsatkichlarining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 23 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori ijrosi yuzasidan 283-4-0-Q/21-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 01/13-6348-son ma’lumotnomasi). Mazkur model asosida Shahrisabz tumanidagi  uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish