Abduraimov Dilshod Muratkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish»,  08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt680.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norchaev Asatullo Norbutaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish sharoitida hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini  kapital qo‘yilmalar samaradorligi me’yoriy koeffisientiga ko‘ra variantlar asosida kapital xarajatlarni minimallashtirish yondashuvining maqsadga muvofiqligi asoslanib,     orqali ifodalash taklif etilgan;
turistik-rekreatsion salohiyatning hududiy reytingini hudud tarixiy-madaniy meros ob’ektlari, tabiiy qo‘riqlanadigan hududlar, tabiiy shart-sharoitlar hamda turistik infratuzilmaning nisbiy salohiyatini umumlashtiruvchi yondashuvga ko‘ra baholash  asoslangan;
turistik innovatsion klasterni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi monitoring funksiyasini realizatsiya qilish va turistik mahsulotlarni brendlash asosida takomillashtirilgan;
turizm infratuzilmasi elementlari zaruriy tarkibining optimal darajasini shakllantirish va ular o‘rtasida barqaror aloqalarni o‘rnatish orqali davlat tomonidan turizm sohasi sub’ektlari faoliyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizm industriyasi va infratuzilmasi sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini kapital qo‘yilmalar samaradorligi me’yoriy koeffisientiga ko‘ra variantlar asosida kapital xarajatlarni minimallashtirish yondashuvining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi  tomonidan «2020-2021 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturida belgilangan vazifalarni amalga  oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 martdagi 02-16/1435-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turizm infratuzilmasi sub’ektlari faoliyati samaradorligini baholash hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqishning uslubiy asoslarini takomillashtirish imkonini bergan;
turistik-rekreatsion salohiyatning hududiy reytingini hudud tarixiy-madaniy meros ob’ektlari, tabiiy qo‘riqlanadigan hududlar, tabiiy shart-sharoitlar hamda turistik infratuzilmaning nisbiy salohiyatini takomillashtirilgan baholash yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi  tomonidan «2020-2021 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturida belgilangan vazifalarni amalga  oshirilishida foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 martdagi 02-16/1435-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turistik oqim hajmini maqsadli segmentlar asosida turistik-rekreatsion salohiyatni yanada oshirishga hamda tadbirkorlikni rivojlantirish samaradorligini baholashning aniqlilik darajasini 1,2 martaga oshirish imkonini bergan;
monitoring funksiyasini realizatsiya qilish va turistik mahsulotlarni brendlashga ko‘ra turistik innovatsion klasterni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy takomillashtirilgan mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan «2020-2021 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturida belgilangan vazifalarni amalga  oshirilishida foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 martdagi 02-16/1435-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turistik innovatsion brent mahsulotlarini yaratish jarayonini maqsadli tashkil qilish va realizatsiya qilish jarayonini brend nuqti-nazaridan istiqbolli takshkil qilish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
turizm infratuzilmasi elementlari zaruriy tarkibining optimal darajasini shakllantirish va ular o‘rtasida barqaror aloqalarni o‘rnatish orqali davlat tomonidan turizm sohasi sub’ektlari faoliyati rivojlani-shini qo‘llab-quvvatlash taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi  tomonidan «2020-2021 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturida belgilangan vazifalarni amalga  oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 2 martdagi 02-16/1435-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turizmning turli xil shakllari va ko‘rinishlarini realizatsiya qilish uchun o‘zaro bog‘liq holda uning infratuzilmasi sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratishning qo‘shimcha imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish