Toshboev Bekzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt557.
Ilmiy rahbar: Sattorkulov Obidkul Turdikulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan tarmoqdagi import o‘rnini bosuvchi loyihani amalga oshirishning muhimligi darajasini sanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarishdagi talabning muntazamligi (TM=0,09), xomashyo resurslari mavjudligi (XR=0,17), chetdan import qilinadigan tovarlarga bog‘liqlik darajasi (IB=0,13) va hajmi (IH=0,15), zarur infratuzilma mavjudligi (IM=0,21) hamda iqtisodiyot tarmoqlarida import o‘rnini bosuvchi mahsulotga talab darajasi (TD=0,25)ning tegishli qiymatlari orqali aniqlash taklifi asoslangan;
yuqori sifatli va nisbatan arzon xomashyo, butlovchi qismlar va boshqa yordamchi materiallarning kichik mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib berilishiga asoslangan ixtisoslashgan sanoat kooperatsiyasini tashkil etish orqali import o‘rnini bosuvchi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining raqobatbardoshligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi sof eksportning maqbul darajalarini belgilash asosida mazkur ko‘rsatkichning yuqori ijobiy qiymatlariga erishish darajasiga ko‘ra korxonalar faoliyatini kreditlashda mahalliy hokimiyat tomonidan 50-75 foiz miqdorini tabaqalashgan kafolatlash tizimi  orqali import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarmoqlarning import o‘rnini bosish jihatdan iqtisodiy salohiyatining turli holat variantlari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy va uslubiy takliflar asosida:
 muayyan tarmoqdagi import o‘rnini bosuvchi loyihani amalga oshirishning muhimligi darajasini sanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarishdagi talabning muntazamligi (TM=0,09), xomashyo resurslari mavjudligi (XR=0,17), chetdan import qilinadigan tovarlarga bog‘liqlik darajasi (IB=0,13) va hajmi (IH=0,15), zarur infratuzilma mavjudligi (IM=0,21) hamda iqtisodiyot tarmoqlarida import o‘rnini bosuvchi mahsulotga talab darajasi (TD=0,25)ning tegishli qiymatlari orqali aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 02/21-2/10 -5627-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada sanoat (qurilish bilan birgalikda) yalpi qo‘shilgan qiymatining 1 birlikka o‘sishi yalpi qo‘shilgan qiymatning 2,53 birlikka o‘sishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanib, mamlakat sanoat ishlab chiqarishini “Sanoat 4.0” modeli asosida tashkil qilish imkoni yaratilgan;
yuqori sifatli va nisbatan arzon xomashyo, butlovchi qismlar va boshqa yordamchi materiallarning kichik mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib berilishiga asoslangan ixtisoslashgan sanoat kooperatsiyasini tashkil etish orqali import o‘rnini bosuvchi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining raqobatbardoshligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi  02/21-2/10-5627-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida import o‘rnini bosish amaliyoti qo‘llanilayotgan sanoat korxonalarining samaradorligini baholash imkonini bergan;
hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi sof eksportning maqbul darajalarini belgilash asosida mazkur ko‘rsatkichning yuqori ijobiy qiymatlariga erishish darajasiga ko‘ra korxonalar faoliyatini kreditlashda mahalliy hokimiyat tomonidan 50-75 foiz miqdorini tabaqalashgan kafolatlash tizimi  orqali import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi  02/21-2/10 -5627-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud darajasida import o‘rnini bosuvchi sanoatlashtirish modeli va algoritmidan foydalanish, hududlarni barqaror rivojlantirishdagi notekisliklarni bartaraf etish va yalpi hududiy mahsulotni 3-5 foizgacha oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarmoqlarning import o‘rnini bosish jihatdan iqtisodiy salohiyatining turli holat variantlari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirishning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 11 noyabrdan  02/21-2/10 -5627-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda ishsizlikni 1 foizgacha qisqartirish, umumiy holatda aholi real daromadlarini 3,5-5,0 foizga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobiga mehnat muhojirlari sonini 300 ming nafargacha kamaytirish imkonini bergan, mamlakatning tashqi iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi mavqeini mustahkamlashga bevosita xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish