Bekmirzaev Mavlon Xudayorovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning innovatsion modeli”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped752.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning innovatsion modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning mazmuni kreativ topshiriqlarni rivojlantirishning tizimli, kompleks va kompetensiyaviy xususiyatlari hamda fanni o‘qitishni rivojlantiruvchi uzluksizlik, uzviylik, tadrijiylik va insonparvarlik kabi ta’lim tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning strukturasi, mazmuni, funksiyalari, tamoyillari, bosqichlari, mezonlari va faoliyat mexanizmlari rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning innovatsion modeli va algoritmik xaritasining didaktik ta’minoti identiv xususiyatlarga ko‘ra o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarining intelektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, baholovchi-natijaviy komponentlarning uzviyligida takomillashtirilgan;
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning samaradorligini oshirishga oid o‘simlik va hayvonot dunyosining yashash tarzi qonuniyatlari, o‘qitishning rivojlantiruvchi funksiyalari va differensiyalashning ustuvorligi hamda yangi ta’lim paradigmalarining rivojlanish bosqichlarini asoslashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning innovatsion modelini takomillashtirish asosida:
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning mazmuni kreativ topshiriqlarni rivojlantirishning tizimli, kompleks va kompetensiyaviy xususiyatlari hamda fanni o‘qitishni rivojlantiruvchi uzluksizlik, uzviylik, tadrijiylik va insonparvarlik kabi ta’lim tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 02-02/4-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga va zoologiya fanidan ta’lim sifatini oshishiga erishilgan;
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning strukturasi, mazmuni, funksiyalari, tamoyillari, bosqichlari, mezonlari va faoliyat mexanizmlari rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini implementatsiya qilish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalar PQ-2017-0927124-son “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 02-02/4-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarning zoologiya fanidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan;
zoologiya darslarida ta’lim shakl va texnologiyalaridan kompleks foydalanishning innovatsion modeli va algoritmik xaritasining didaktik ta’minoti identiv xususiyatlarga ko‘ra o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarining intelektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, baholovchi-natijaviy komponentlarning uzviyligida takomillashtirishga oid tavsiyalaridan Jizzax shahridagi 9,19,15, Navoiy shahridagi 5,9,14 va Samarqand shaxridagi 14,63,64-sonli maktablari o‘quv amaliyotiga joriy etilgan  (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 02-02/4-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan innovatsion model zoologiya o‘qitish sifati va samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish