Usmonov Murod Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mul`timediyaviy texnologiyalar asosida interaktiv elektron o‘quv kurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3776.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: [Taylakov Norbek Isaqulovich], pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Zayniddinov Hakimjon Nasiriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Bozorov G‘iyos Sadullaevich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mul`timediyaviy texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv elektron o‘quv kurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishga imkon beruvchi mul`timediali texnologiyalar interaktiv namoyish etuvchi, mul`timediali nazorat qiluvchi, animatsiyali video roliklar va intekrativ elektron ta’lim resurslarini yaratish vositalarini kiritish orqali aniqlashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda mul`timediali interaktiv elektron o‘quv kurslaridan foydalanishning metodik asoslari amaliy dasturlar yaratishga qo‘yiladigan o‘quv materialini taqdim etishning sinkretikligi, komplementarlik va o‘quv-bilish faoliyatini emotsional regulyasiyalash tamoyillariga ustuvorlik berilgan mul`timediali materiallarini qamrab olgan dasturiy vositalarni yaratish orqali takomillashtirilgan;
elektron axborot ta’lim muhitida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda mul`timediali interaktiv elektron o‘quv kurslardan foydalanish metodikasi didaktik sintez imkoniyatlari, ta’lim jarayonida interaktiv qaytar aloqalar (o‘qyv matepialini o‘zlashtipish japayonini nazopat qilish, foydalanyvchi hapakatlapiga peaksiya qilish va cavollapga javob olish) va interaktiv muloqotlar hamda o‘quv axborotni ko‘rgazmali-obrazli ko‘rinishda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish usul va vositalari “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda “Blended learning” texnologiyasi hamda mul`timediali interaktiv elektron ta’lim resurslarini yaratishga asoslangan H5P, Biteable va Plickers kabi onlayn axborot xizmatlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mul`timediyaviy texnologiyalar asosida interaktiv elektron o‘quv kurslar yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga imkon beruvchi mul`timediali texnologiyalari (interaktiv namoyish etuvchi, mul`timediali nazorat qiluvchi, animatsiyali video roliklar va intekrativ elektron ta’lim resurslarini yaratish vositalarini) tasnifi 5110100-matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan hamda o‘quv dasturlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2809-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning metodik tizimi takomillashtrilib o‘qitish samaradorligi oshishiga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda amaliy dasturlar yaratishga qo‘yiladigan zamonaviy (o‘quv materialini taqdim etishning sinkretikligi, komplementarlik va o‘quv-bilish faoliyatini emotsional regulyasiyalash) tamoyillariga, shuningdek interaktiv qaytar aloqalar (o‘qyv matepialini o‘zlashtipish japayonini nazopat qilish, foydalanyvchi hapakatlapiga peaksiya qilish va cavollapga javob olish) va interaktiv muloqotlar hamda o‘quv axborotni ko‘rgazmali-obrazli ko‘rinishda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan mul`timediali interaktiv elektron o‘quv kurslardan foydalanish metodikasini o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining PZ-2014-0905173317-raqamli (2014-2017 yy) “Talabalarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida va ilmiy natijalarida o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2809-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar pedagogika oliy ta’lim muassalari talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmi sifatida xizmat qilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga imkon berapdigan usul va vositalari , ya’ni “Blended learning” texnologiyasi hamda H5P, Biteable va Plickers kabi onlayn axborot xizmatlaridan foydalanish orqali mul`timediali interaktiv elektron o‘quv kursi yaratilgan bo‘lib, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika instituti matematika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani o‘qitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2809-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari mul`timediali elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.