Nabiev Akramjon Botirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir neftlarni qovushqoqligini kamaytiruvchi moddalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T162.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Akramov Baxshilla Shafievich texnika fanlari nomzodi, professor; Eshmetov Izzat Dusimbatovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta fosfatid konsentrati va soapstoki asosida og‘ir neftlarni qovushqoqligini kamaytiruvchi moddalar olish texnologiyasini ishlab chiqish, hamda ular yordamida elektr magnit ishlovi (EMI) yordamida neftlarni quvurlar orqali uzatishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy og‘ir neftlarning yuqori qovushqoqlik va past oquvchanliklarini ta’minlovchi kimyoviy tarkibi va o‘ziga xos kolloid-kimyoviy xossalari aniqlangan;
mahalliy Djarqo‘rg‘on, Mingbuloq va boshqa konlar og‘ir neftlarning reologik xossalarini e’tiborga olib, ulardan olinadigan neftlar aralashmasining sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxta fosfatid konsentrati va soapstoki asosida og‘ir neftlarni qovushqoqligini kamaytiruvchi SFMlar olish usullari yaratilgan;
olingan moddalar asosida og‘ir neftlarning qovushqoqligini kamaytiruvchi samarali kompozisiyalar yaratilgan;
taklif etilgan kompozisiyalar yuqoriparafinli neftlarda depressiv faollikni hosil qilishi, qiyin suyuqlanuvchan parafinlarni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tkazishi natijasida yangi neftli dispers tizim hosil qilishi va u ancha past haroratda qotishi isbotlangan;
mahalliy og‘ir neftlarning qovushqoqligini kamaytirishda va ularning oquvchanligini oshirishda EMIning (magnit maydoni 1000-2500 ersted kuchlanishda) ijobiy ta’siri isbotlangan;
yaratilgan kompozisiyalar va EMIni birgalikda qo‘llash orqali og‘ir neftni qovushqoqligini kamaytirishning kombinatsion usuli va uning muqobil texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaratilgan sirt-faol moddalar va elektromagnit ishlov berish yordamida neftlarni qovushqoqligini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta fosfatid konsentrati va soapstoki asosida neftni qovushqoqligini kamaytiruvchi sirt faol moddalar (SFM-1,2,3 va 4) «Jarqo‘rg‘onneft`» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Uzbekneftgaz» AJning 2018 yil 16 fevraldagi 03/14-2-26-853-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy og‘ir neftlarni qovushqoqligini 1,5-2,0 barobar kamaytirish imkoniyatini bergan;
yuqoriparafinli va yuqoriqatronli neftlarni qovushqoqligini kamaytiruvchi va oquvchanligini oshiruvchi SFM kompozisiyalari olish texnologiyasi «Jarqo‘rg‘onneft`» AJda amaliyotga joriy etilgan («Uzbekneftgaz» AJning 2018 yil 16 fevraldagi 03/14-2-26-853-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqoriparafinli va yuqoriqatronli neftlarni qovushqoqligini kamaytiruvchi va oquvchanligini oshiruvchi SFMlarning ishlab chiqarishdagi sarfi 15-20% ga qisqartirish imkonini bergan;
mahalliy og‘ir neftlarni yaratilgan SFM kompozisiyalari va 2500 ersted kuchlanishga teng EMIni birgalikda qo‘llash usuli «Asakatransneft» OAJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 16 fevraldagi 03/14-2-26-853-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan SFM kompozisiyasining sarfi 25-30%ga qisqargan va og‘ir neftlarni quvurlar orqali uzatishida oquvchanligini 1,5-2,0 barobar oshirish imkoniyati yaratilgan.