Sadriddinova Feruza Melievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarinnig intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3030.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari pedagogik diagnostikaning taqqoslash, izohlash, tahlil qilish va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish komponentlari imkoniyatlarini adaptiv kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni fanlararo integrativ modulli ta’limni uzluksizligini ta’minlash, shaxs faoliyati komponentlariga kompleks yondashuvni tatbiq etish hamda shaxs individual xususiyatlarining (layoqat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod, salohiyat) o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik modeli shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining metodik asosi (mazmun, metod, shakl, vosita) va pedagogik shart-sharoitining motivatsion, konstruktiv, kommunikativ va tashkiliy parametrlarining mantiqiy ketma-ketligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari intellektual-ijodiy qobiliyat samaradorligini belgilovchi motivatsion, konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ omillarni o‘quv jarayoniga effektiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari pedagogik diagnostikaning taqqoslash, izohlash, tahlil qilish va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish komponentlari imkoniyatlarini adaptiv kengaytirishga oid xulosa va takliflaridan «Pedagogik mahorat» nomli elektron o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-142 raqamli guvohnoma). Natijada pedagogika turkumidagi fanlarining mazmunini boyitishga erishilgan;
talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni fanlararo integrativ modulli ta’limni uzluksizligini ta’minlash, shaxs faoliyati komponentlariga kompleks yondashuvni tatbiq etish hamda shaxs individual xususiyatlarining (layoqat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod, salohiyat) o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir xulosa va tavsiyalar «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishning nazariy metodologik asoslari» nomli hamda «Pedagogik mahorat» nomli elektron o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4202-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalariningintellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogika nazariyasi fanini mazmunini boyitish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda intellektual-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik modeli shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining metodik asosi (mazmun, metod, shakl, vosita) va pedagogik shart-sharoitining motivatsion, konstruktiv, kommunikativ va tashkiliy parametrlarining mantiqiy ketma-ketligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent, Jizzax va Qo‘qon davlat pedagogika universitetlarining o‘quv-tarbiya jarayonlariga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 11 maydagi 02-07-1284-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonlarida talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning sifat darajasining oshishiga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari intellektual-ijodiy qobiliyat samaradorligini belgilovchi motivatsion, konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ omillarni o‘quv jarayoniga effektiv qo‘llashga oid xulosa va tavsiyalardan «Pedagogika» ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartining «60110100 – Pedagogika va psixologiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4202-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumkasbiy fanlar bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.