Qurbonova Dilnoza Arslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2174.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, Ilmiy Kengash raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti , PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: sotsialogiya fanlari doktori, professor Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ibragimova Feruza Xolboevna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili darslarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlari asoslanib, o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari faoliyat muhitini tashkil qilish, bag‘rikenglik xatti-harakatlarini rivojlantirish, etnik, madaniy va diniy farqlar barqarorligiga asoslangan hamkorlik strategiyasini yaratish va guruhlararo bag‘rikenglikni barqarorlashtiruvchi holatlarga ustuvorlik asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida madaniyatlararo bag‘rikenglik tenghuqulilik, siyosiy tenglik, o‘zaro hamkorlik, fidoiylik,o‘zgalar qadriyatlariga hurmat bilan yondoshishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglikni shakllantirish modeli ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari, madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglikni shakllantirish metodikasi va texnologiyasi vositasida bag‘rikenglik tushunchasidan xabardorlik darajasini yuksaltirib, o‘zaro hurmat, rahmdillik, bag‘rikenglik, do‘stlik kabi tuyg‘ularning rivojlantirilganligi sababiga ko‘ra samaradorlik aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
ingliz tili darslarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlari asoslanib, o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari faoliyat muhitini tashkil qilish, bag‘rikenglik xatti-harakatlarini rivojlantirish, etnik, madaniy va diniy farqlar barqarorligiga asoslangan hamkorlik strategiyasini yaratish va guruhlararo bag‘rikenglikni barqarorlashtiruvchi holatlarga ustuvorlik berish hamda ingliz tili darslarida madaniyatlararo bag‘rikenglik tenghuqulilik, siyosiy tenglik, o‘zaro hamkorlik, fidoiylik,o‘zgalar qadriyatlariga hurmat bilan yondoshishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilganligiga doir ilmiy-metodik tavsiyalar OT-F1-049 rakamli “Talabalarda assertiv xulkni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyixa doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 dekabrdagi 02-07-4084/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida umumiy urta ta’lim maktabi o‘quvchilarida madaniyatlararo bagrikenglik kompetensiyasini shakllantirishga doir mavzularni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglikni shakllantirish modeli ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari, madaniyatlararo bag‘rikenglik kompetensiyasini shakllantirish hamda ingliz tili darslarida o‘quvchilarda madaniyatlararo bag‘rikenglikni shakllantirish metodikasi va texnologiyasi vositasida bag‘rikenglik tushunchasidan xabardorlik darajasini yuksaltirib, o‘zaro hurmat, rahmdillik, bag‘rikenglik, do‘stlik kabi tuyg‘ularning rivojlantirilganligi sababiga ko‘ra samaradorlik aniqlashtirilgan oid tavsiyalar OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulkni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli amaliy loyixd doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 15 dekabrdagi 02-07-4084/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchilari tomonidan qay darajada ushbu tushunchaga to‘xtalib o‘tilishini o‘rganib chiqishni aniqlash imkoni oshirilgan.