Shirinova Mexrigiyo Shokirovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilining ortologik xususiyatlari”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1037.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
    Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori (DSc),  professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilida orfoepik, leksik, morfologik me’yorlar ta’minlanishini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilining aniqligi, ta’sirchanligi, sofligi, to‘g‘riligini ta’minlaydigan ortologik – adabiy me’yorga asoslanish va audiovizuallik, harakatlilik, majoziylik, obrazlilik, ekspressivlik, kommunikativlik, ko‘ngilocharlik, ekran uchun xoslanganlik, ijtimoiylik, ixchamlik, o‘ziga rom qilish holatlari isbotlangan;
kino tilida uchraydigan egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl qo‘shimchalarining me’yoriy/nome’yoriy shakllari hamda ot, fe’l, son, sifat so‘z turkumlarining ortologik xususiyatlari, lug‘aviy shakl yasovchilarini qo‘llashdagi aloqa-munosabat vositalari hamda chekinish holatlari aniqlangan;
mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilida uchraydigan shevaga xos so‘zlar, terminlar hamda noadabiy leksikaga mansub birliklarning tomoshabinga tanish sheva variantlari, birliklarning ma’nosi leksik yoki paralingvistik hamda ekstralingvistik vositalar yordamida izohlanishi dalillangan;
kino tili va uning tahliliga bag‘ishlangan ishlar ilmiy jihatdan umumlashtirilib,  kinodialog, kinodiskurs, kinotekst kabilar bilan o‘zaro aloqadorligi asosida kinoijodkorlar – ssenariynavis, rejissyor, aktyorlarga tilida orfoepik, leksik hamda morfologik sath doirasidagi me’yorlardan chekinish holatlari ortologik aspektda asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilining ortologik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilining aniqligi, ta’sirchanligi, sofligi, to‘g‘riligini ta’minlaydigan ortologik – adabiy me’yorga asoslanish va audiovizuallik, harakatlilik, majoziylik, obrazlilik, ekspressivlik, kommunikativlik, ko‘ngilocharlik, ekran uchun xoslanganlik, ijtimoiylik, ixchamlik, o‘ziga rom qilish holatlari kabi xulosalardan FA-A1-G007-raqamli«Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» nomli ilmiy-amaliy loyihada (2016-2020 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 22 iyundagi 17-01/139-son ma’lumotnomasi). Natijada, leksik birliklarning adabiy til me’yorlariga muvofiq/nomuvofiqligi masalalarini tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;  
kino tilida uchraydigan egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl qo‘shimchalarining me’yoriy/nome’yoriy shakllari hamda ot, fe’l, son, sifat so‘z turkumlarining ortologik xususiyatlari, lug‘aviy shakl yasovchilarini qo‘llashdagi aloqa-munosabat vositalaridan FA-F1-G003-raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli fundamental loyihada (2016-2020 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 22 iyundagi 17-01/139-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z yasalishida adabiy til me’yorlari inobatga olinishi zarurligi  haqidagi  fikrlarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
mustaqillik davri o‘zbek kinofil`mlari tilida uchraydigan shevaga xos so‘zlar, terminlar hamda noadabiy leksikaga mansub birliklarning tomoshabinga tanish sheva variantlari, birliklarning ma’nosi leksik yoki paralingvistik hamda ekstralingvistik vositalar yordamida izohlanishi kabi xulosalaridan fil`mlar ssenariysini tuzishda foydalanilgan (“Respublika kinoprokat markazi”davlat unitar korxonasi Buxoro viloyati filialining 2020 yil 22 dekabrdagi 57-son ma’lumotnomasi). Natijada aktyor nutq texnikasi inobatga olingan holda rollar taqsimlangan va ssenariy saviyasi, mazmundorligi oshishiga erishilgan;
kino tili va uning tahliliga bag‘ishlangan ishlar ilmiy jihatdan umumlashtirilib,  kinodialog, kinodiskurs, kinotekst kabilar bilan o‘zaro aloqadorligi asosida kinoijodkorlar – ssenariynavis, rejissyor, aktyorlarga tilida orfoepik, leksik hamda morfologik sath doirasidagi me’yorlardan chekinish holatlari ortologik aspek txususiyatidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Buxoro» telekanalining «Interv`yu plyus», «Assalom, Buxoro», «Mashhurlar olami» ko‘rsatuvlari, «Buxoro» radiosining «Muloqot va munozara», «Qadriyatlar qadim beshigi» eshittirishlarining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 dekabrdagi 1/324-son ma’lumotnomasi). Natijada, muloqot jarayonida kino tili xalqning madaniyati, saviyasi, dunyoqarashini aks ettirishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish