Kurbankulov Uktam Muxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘g‘ri ichak ampulyar qismi saratonida a’zo saqlovchi jarroxlik amaliyotlarini bajarishning morfologik va klinik asoslari» 14.00.15–Patologik anatomiya va 14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2806.
Ilmiy rahbarlar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: a’zo saqlovchi jarrohlik amaliyotini bajarishning morfologik jihatlari tufayli to‘g‘ri ichak saratoni bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘ri ichak ampula qismi xavfli o‘smasida a’zoni saqlovchi jarrohlik amaliyotlarining qoniqarsiz oqibatlari saratonning morfologik jihatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
to‘g‘ri ichak ampula qismi saratonning morfologik tuzilish darajasidan kelib chiqqan holda a’zoni saqlovchi jarrohlik amaliyotini bajarishga ko‘rsatmalar asoslangan;
saratonning gistotipiga bog‘lik ravishda amalga oshirilgan jarroxlik amaliyotlaridan so‘ngi davrda bemorlarda o‘smaning metastazsiz va residivsiz yashash ko‘rsatkichlarini uzayishi bilan birga, ularning kelib chiqish darajasining ham keskin kamayishi isbotlangan;
jarrohlik amaliyotidan oldin endolimfatik polikimyoterapiya va mintaqaviy limfatik polikimyoterapiya, keyinchalik organ saqlovchi jarrohlik amaliyotini bajarish bilan birga gipoksiradioterapiyani birga olib borish tartibini kiritish orqali to‘g‘ri ichak havfli o‘smasi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashga yangicha yondoshuv ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘ri ichak ampulyar qismi saratonida a’zo saqlovchi jarroxlik amaliyotlarini bajarishning morfologik va klinik asoslarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘ri ichak ampulyar qismi saratonida a’zo saqlovchi jarroxlik amaliyotlarini bajarishning morfologik va klinik asoslarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «To‘g‘ri ichak pastki ampulyar kismi saratonida davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 8n-d/264-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashkillashtirilmagan to‘g‘ri ichak ampulyar qismi saratonining dastlabki bosqichlarida ta’sir qiluvchi omillariga gigienik baho berish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
to‘g‘ri ichak ampulyar qismi saratonida a’zo saqlovchi jarroxlik amaliyotlarini bajarishning morfologik va klinik asoslarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shaxar va Sirdaryo viloyati filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 8-38375-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yosh kattalashib borgan sari keyingi erta asoratlar sonini, uzoq residivlar va metastazlarni pasaytirish hisobiga ularning reabilitatsiya muddatlarini qisqarishiga, shuningdek, T3-4N0-1M0 bosqichidagi to‘g‘ri ichak xavfli o‘smasi bilan xastalangan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish orqali bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish