Ortiqov Bobomurod Baymamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID -19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni ovqatlanish holatini gigienik tahlil qilish va ilmiy asoslash» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2708.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni sog‘lom ovqatlanishini zamonaviy yangi ixtisoslashtirilgan ozuqaviy mahsulotlar bilan boyitish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor koronovirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarda ovqatlanish statusi (ozuqa va metabolik komponentlar) asoslangan;
ilk bor respublikada imbir va qora sedana saqlovchi yumshoq va qattiq jelatinli kapsulalar uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan;
tarkibida imbir va qora sedana saqlovchi yumshoq va qattiq jelatinli kapsulalarning tibbiy-biologik xavfsizligi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarni sog‘lom ovqatlanishini zamonaviy yangi ixtisoslashtirilgan ozuqaviy mahsulotlar bilan boyitish orqali bemorlarni davolashdagi samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID -19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar ovqatlanish holatini gigienik tahlil qilish va ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koronavirus bilan xastalangan bemorlar salomatlik holatini yaxshilash va uni oldini olish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun jelatinli kapsula- qora sedaning ozuqaviy va biologik qiymatini o‘rganish usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8n-z/517-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholining salomatligini va ish qobiliyatini tiklash imkonini bergan;
koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlar ovqatlanish holatini gigienik tahlil qilish va ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Buxoro violoyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 noyabrdagi 08–37259–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi koronavirus bilan xastalangan bemorlarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish, salomatlik holatini mustahkamlash bo‘yicha tizimli profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, vitamin va mineral moddalarning etishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar rivojlanishini erta oldini olish hamda o‘z vaqtida baholash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish