Mamataliev Abdurasul Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ammiakli selitra suyuqlanmasi, ammoniy sul`fati va fosfogips asosida azot-oltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T170.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammoniy nitrati suyuqlanmasiga (NH4)2SO4 va fosfogipsni qo‘shish asosida fizik-kimyoviy va iste’molchilik hususiyatlari yaxshilangan azot-oltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NH4NO3 suyuqlanmasiga (NH4)2SO4 va fosfogips qo‘shimchalarini 100 : 0,5 dan 100 : 15 gacha og‘irlik nisbatda qo‘llash import magnezit qo‘shimchasi asosida olingan selitraga nisbatan AS donalar mustahkamligini 2,5-4 barobar oshirishi va yopishqoqligini 2-3 barobar kamaytirishi aniqlangan;
sul`fat-gips-nitratli suyuqlanma tarkibida NH4NO3 ning konversiyalanishi isbotlangan;
sul`fat-nitratli suyuqlanmada (NH4)2SO4 miqdori 40% gacha bo‘lganda sepish usuli, (NH4)2SO4 miqdori 40% dan ko‘p bo‘lganda esa jadal aralashtirish usulida donadorlash jarayoni amalga oshirilishi asoslangan;
(NH4)2SO4 yoki fosfogips qo‘shilgan NH4NO3 suyuqlanmasini sovitish natijasida III fazaning yo‘qligi, va to‘g‘ridan-to‘g‘ri II®IV ga polimorf o‘tishi orqali harorat 25-45°S o‘zgarishida donalar buzilmasdan mahsulotning barqaror qolishi aniqlangan;
NH4NO3 suyuqlanmasi va (NH4)2SO4 asosida azot-oltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ammoniy nitrati suyuqlanmasiga (NH4)2SO4 ni qo‘shish, keyinchalik sul`fat-nitratli suyuqlanmani sepish yoki jadal aralashtirish yo‘li bilan donadorlash orqali yopishqoqligi bo‘lmagan AS va ammoniy sul`fat-nitratini olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
import magnezit qo‘shimchasini mahalliy xomashyo – (NH4)2SO4 ga almashtirish yo‘li bilan sepish usulida yopishqoqligi bo‘lmagan AS olish texnologiyasi “Navoiazot” AJda amaliyotga tadbiq etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 11 yanvardagi 01/3-159/P-son ma’lumotnomasi). Natijada chetdan keltirilayotgan magnezit qo‘shimchasini mahaliy ammoniy sul`fatiga almashtirish orqali qo‘shimcha xomashyosining tannarxini 11,3 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
donador ammoniy sul`fat-nitrati olish texnologiyasi baraban-donadorlashtirgichni qo‘llash orqali “Navoiazot” AJda amaliyotga tadbiq etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 11 yanvardagi 01/3-159/P-son ma’lumotnomasi). Natijada yaxshilangan xossalarga ega modifikatsiyalangan AS va ammoniy sul`fat-nitratini olish imkoni yaratilgan.