Nishonov Akbarjon Muxamatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gofrlangan kartonning mustahkamlik va bosma xossalarini tadqiq qilish” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2660
Ilmiy rahbar: Eshbaeva Ulbosin Jamalovna texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bulanov Ismoil Abdulmuminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: makkajo‘xori kraxmalli+rossa+natriy azid tarkibili bakterisid xossaga ega bo‘lgan yangi tarkibli elimlovchi moddalarni gofrlangan karton mahsulotining mustahkamlik va bosma xossalarini takomillashtrishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gofrlangan karton mahsuloti uchun makkajo‘xori kraxmalli+rossa+natriy azid tarkibli bakterisid xossaga ega bo‘lgan va yuqori haroratga chidamli bo‘lgan elimni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;  
elim tarkibida haroratning oshishi yoki pasayib ketish kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida elim tayyorlash qurilmasida haroratni bir xil me’yorda ushlab turuvchi datchik taklif qilingan;
gofrlangan karton mahsuloti uchun makkajo‘xori kraxmalli+rossa+natriy azid tarkibli elimlovchi moddalardan foydalanib, qadoq mahsulotining mustahkamlik xossalari elim tarkibiga bog‘liqligi  aniqlangan;
fleksografik bosma usulida chop etilgan gofrlangan karton mahsulotlari yuzalarida bo‘yoq o‘tishining bosma uskuna tezligi va qog‘oz yuza silliqligiga bog‘liqligi bosma-texnik xossalarini baholash usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi makkajo‘xori kraxmalli+rossa+natriy azid tarkibli elimdan foydalanib   tayyorlangan gofrlangan karton qadoq mahsulotlarining fizik-mexanik va bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi tarkibli makkajo‘xori kraxmalli+rossa+natriy azid tarkibli elimdan foydalanib tayyorlangan gofrlangan karton “Europrint Kokand” MChJ bosmaxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 06-4473-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkibli elimdan foydalanib tayyorlangan gofrlangan karton qadoq mahsulotlarini tayyorlash texnologik rejimlari takomillashtirilgan, mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan elimdan foydalangan xolda tayyorlangan gofrlangan kartonlarni har m2 uchun 3 g  elim tejab qolingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish