Berdimuratov Umid Tagaymuradovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalagichning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”,
05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD /T2862.
Ilmiy rahbar: Rosulov Ruzimurad Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va maqbul parametrlarini asoslash orqali samaradorlikka erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning baraban qoziqchalari og‘ma qatorli qilib bajarilganda tolali chigitning harakat zonasi o‘zgarishini aniqlash formulasi olingan, sonli echimlari asosida qoziqchalar qatori og‘ish burchagi ortishi bilan harakat traektoriyasi uzunligini ortishi qiymatlari aniqlangan;
zarba nazariyasidan foydalanib tolali chigit va undan ajralgan chiqindini ko‘p qirrali kolosnik egri sirti bilan zarbali ta’sirlashuvidan keyingi tezliklari va og‘ish burchaklarini hisoblash formulalari olingan;
tolali chigitni kolosnik og‘ma sirtiga urilish burchagini ortishi tolali chigit va ajralgan chiqindini qaytish tezliklari hisoblash formulalari olingan, ularni echimiga ko‘ra og‘ish burchagini ortishi qaytish tezliklari ortishiga olib kelishi aniqlangan;
tolali chigit bilan kolosnik sirti orasidagi ishqalanish ortishi zarbadan keyingi tolali chigit va chiqindi tezligini nochiziqli qonuniyatlarda kamayishi aniqlangan, bunda tolali chigit va chiqindi massalari qancha katta bo‘lsa, qaytish tezliklari kamayadi, shuning uchun tiklanish koeffisientlari mos ravishda burovchi momentlar oshadi, lekin barabanlar burchak tezliklari kamayishi aniqlangan;
tozalagich qoziqchali va arrachali barabanlari yuritish mexanizmlarini, elektr yuritgich mexanik xarakteristikasini, inersion, qayishqoqlik-dissipativ xususiyatlari va texnologik qarshiliklarini inobatga olib, mashina agregati dinamika masalasi echilgan, ishchi organlarning harakat qonunlari, yuklanishlari, hamda bog‘lanish grafiklariga asosan tavsiya parametrlari aniqlangan;
tenzometrik usulda qoziqchali va arrachali barabanlar harakat qonunlari olingan, yuklanishlarni ortishi bilan tajribalar natijasida olingan regressiya tenglamalari asosida grafiklar taxliliga ko‘ra chiquvchi omillarning tavsiya qiymatlari olingan;
olti qirrali kolosnik buralish burchagi 90 da, baraban qoziqlari qatorini og‘ish burchagi 300 da, hamda ish unumi 6,5 t/soatda umumiy tozalash samarasi 90,7% bo‘lishi va chigit shikastlanishi 1,25% dan oshmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiya joylashgan qoziqli barabanli paxta tozalash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash agregati “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klaster uyushmasi” tasarrufidagi korxonalar, jumladan, “Termiz Jayxun Klaster” MChJga qarashli Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida va “Muzrabot Indenim claster” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klaster uyushmasi” ning 2022 yil 29 noyabrdagi 02/22-232 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p qirrali kolosnik qirralari og‘ish burchagi 90 da baraban qoziqlari qatorini og‘ish burchagi 300 da hamda ish unumdorligi 6,5 t/soatda umumiy tozalash samarasi 90,7%, chigit shikastlanishi 1,25 % dan oshmasligi aniqlangan.
V. Ixtiroga patenti.
“Tolali materiallarni tozalagich”ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP07077 2022y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022