Eshonqulov G‘ofur Boboqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Optik bir jinsli bo‘lmagan muhitdagi o‘lchashlarda lazerli geterodinlash va korrelyasion qayta ishlash», 01.04.11–Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM93.

Ilmiy rahbar: Vil`danov Ramil` Rifgatovichfizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Usmanov Timurbek Bekmuradovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Semenov Denis Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turbulent atmosfera va dispers muhitlarning strukturaviy xarakteristikalarini o‘lchash metodlarini lazerli geterodinlash va korrelometriya eksperimental metodlarini rivojlantirish orqali ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

lazer nurlanishning optik chastotasini stabillash imkoniyatini beruvchi modaliqayta tuzish xususiyatlari va He-Ne lazer generatsiya chastotasini dispersion siljish xarakteristikalari aniqlangan;

amaliy qo‘llash sharoitlarida geterodinli o‘lchash sezgirligi va effektivligini baholash uchun analitik ifodalar olingan va hisoblashlar bajarilgan;

sinxronlashtirilgan lazerli geterodin sistemani yasashda lazer nurlanishini boshqaruvchi signallarni shakllantirish prinsiplari ishlab chiqilgan;

fotosanoqlarning statistik taqsimoti hamda avto va kroskorrelyasion funksiyalarini qayd qilish imkoniyatini beruvchi optik maydonlarni foton sanash rejimidagi detektorlash metodida amalga oshirilgan;

ishlab chiqilgan lazerli sistema yordamida turbulent atmosferaning optik informatsiyani uzatuvchi kanal ekanligini xarakterlaydigan optik parametrlari aniqlangan;

ishlab chiqilgan foton korrelyatorni qo‘llagan holda foton-korrelyasiya metodi bilan sochilgan nurlanish spektri kengligi va monodispers eritmadagi mikrozarracha o‘lchami aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bir jinsli bo‘lmagan muhitlarning strukturaviy xarakteristikalarini lazerli geterodinlash orqali fazametrik va spektral o‘lchash tadqiqotlari natijalari asosida:

optik faza siljishini aniqlash uchun mo‘ljallangan lazerli geterodinli sistema foydali modeliga (UZ № FAP 00348, 2008  «Siljishlarni o‘lchash uchun avtomatlashtirilgan lazerli geterodinli sistema») O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining patenti olingan. Ishlab chiqilgan sistemani qo‘llash o‘lchash stabilligi va aniqligini ikki barobar oshirish hamda qayd qilish jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan usul va eksperimental qurilma BF2-027 raqamli “Metall nanozarrachalar shakllanishi va o‘sishi mexanizmlari va ularning nochiziqli optik xossalarini tadqiq qilish” grant loyihasida o‘lchash sezgirligi va effektivligini oshirish uchun qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi 89-03-1025-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi yuqori aniqlikda atrof-muhitni monitoring va nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish