Sharipov Jurabek Shomil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ipakning tolali chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1184
Ilmiy rahbar: Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nuqsonli pillalardan samarali foydalangan holda qo‘lda to‘qiladigan tabiiy ipak gilamlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va olingan ip xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
navsiz va nuqsonli pillalar qobig‘i xususiyatlari tadqiq qilinib, natijalar asosida bo‘limlardagi suv va bug‘ harorati hamda vaqtini o‘rnatish orqqali pilla pishirishning muqobil varianti ishlab chiqilgan;
avtomat pilla chuvish dastgohi uchun yangi nazorat apparati ishlab chiqish orqali chuvishga yaroqli navsiz va nuqsonli pillalardan 10,75 va 13,33 chiziqli zichlikdagi xom ipak chuvish texnologiyasi takomillashtirilgan;
eshish jarayonida xom ipakni ivitish va kalavaga qayta o‘rash jarayonlarini qisqartirish orqali tabiiy ipak gilamlari uchun eshilgan ip ishlab chiqarishning yangi usuli yaratilgan;
ipak gilamlari to‘qishda tanda ipiga beriladigan zarba kuchi va tezligini inobatga olgan holda, vaqt birligida ip tarangligi o‘zgarishining nazariy hisoblash formulasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ipakning tolali chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Xitoy» duragayi navsiz va nuqsonli pillalaridan yuqori chiziqli zichlikdagi 10,75 teks va 13,33 teks teksli xom ipak ishlab chiqarish usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 6 iyuldagi № 4-2/909-son ma’lumotnomasi), xususan Xiva tumanidagi «Khiva Silk Fabric» MChJda ishlab chiqarisha joriy qilingan. Natijada, navsiz va nuqsonli pillalardan avtomat pilla chuvish dastgohida 2A sinfdagi xom ipak chuvib olish imkoniyati yaratilgan;
tabiiy ipak gilamlari uchun eshilgan iplar ishlab chiqarishning yangi usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 6 iyuldagi № 4-2/909-son ma’lumotnomasi), jumladan «Ismoiljon Gilamlari» MChJ korxonasida joriy etilgan. Natijada, eshilgan ip ishlab chiqarishda texnologik jarayon ikki o‘timga qisqaradi va mahsulotlar assortimenti kengaytiriladi hamda 100 kg gilam ipi ishlab chiqarilish orqali 18% iqtisodiy samaradorlikka erishigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish