Nishanov Botirjon Muhammadjovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chizel-kultivatorga rotatsion yumshatkich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2127.
Ilmiy rahbar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Temirov Sayidraximxo‘ja Umarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chizel-kultivatorga rotatsion yumshatkich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali erlarga ekish oldidan ishlov berishda ish sifati hamda unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takroriy ekinlar uchun erlarni ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan chizel-kultivator bilan birgalikda ishlatiladigan kurakchali g‘altakmolasimon rotatsion yumshatkichning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
rotatsion yumshatkichni harakat tezligi va tezlanishlari, tuproq deformatsiyasining kattaligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar, uning sirpanib yoki toyib ishlashini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
chizel-kultivator bilan birgalikda ishlatiladigan rotatsion yumshatkichning diametri, yassi va kurakchali pichoqlar sonini  energiya sarfi hamda tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
chizel-kul`tivator bilan birga ishlatiladigan rotatsion yumshatkichni agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini echish orqali ishchi organ parametrlarining optimal qiymatlari tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rotatsion yumshatkich bilan jihozlangan chizel-kultivatorning texnologik ish jarayoni va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
rotatsion yumshatkich bilan jihozlangan chizel-kultivator Namangan viloyati Uychi tumani «Abrorbek Iftixor Fayz», «Kamron Sof Tolasi» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vizirligining 2022 yil 3 avgustdagi №07/24-04/5237 sonli ma’lumotnomasi). Natijada rotatsion yumshatkich bilan jihozlangan chizel-kultivatorni qo‘llash mehnat sarfini 33,1 foizga va 1 gektar erga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlarni 12,8 foizga kamaytirishni ta’minlagan;
taklif etilgan chizel-kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari «VMKV-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi №07/24-04/5237 sonli ma’lumot-nomasi). Natijada chizel-kultivator, jihozlangan asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan rotatsion yumshatkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish