Sayt test rejimida ishlamoqda

Nazarov Saxrobjon Raxmonjonovich
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani qayta ishlash mashinacidagi arrali disklarni deformatsion mustahkamlash parametrlarini shakllantirishning hisoblash modelini ishlab chiqish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2399
Ilmiy rahbar: Shin Illarion Giorgievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor; Rasulov Ro‘zimurod Xasanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: “Paxta sanoat ilmiy markazi” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arra disk tishlarini drob bilan dinamik defformatsion mustahkamlashda yuzaga keladigan fizik-mexanik hodisalar asosida parametrlarni shakllantirishning hisoblash modellarini ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arra disk tishlarini mikrosharchalar bilan zarbalab ta’sir ettirish orqali deformatsiyaning mustahkamlash jarayonining texnologik qoldiq kuchlanishlarni qiymatlari aniqlangan va ularning hisoblash modeli ishlab chiqilgan;
dinamik ishlov berish jarayonida mikrosharchalar bilan takroriy  zarbalash paytida arra disk tishlari sirt yuzalarining mustahkamlash chuqurligini aniqlash uchun mikrosharchaning xarakat tezligi, ishlov berilayotgan material qattiqligini xisobga olgan xolda hisoblash modeli ishlab chiqilgan;
zarbalash vaqtida tezlikni tiklanish koeffisienti orqali drobning kinetik energiyasini sariflanishini hisobga oluvchi tishlarning yuza qatlamidagi iz chuqurligi bog‘lanishi tajriba natijalarini qayta ishlash asosida olingan;
texnologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha arra disk tishlarini mexanik mustahkamligini ta’minlash uchun turli xavo bosimi orqali abraziv oqimli ishlov berish rejimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta tozalash korxonalarida jinlar uchun arra disk tishlariga drob oqimi bilan ishlov berib, tadqiqot ishlarini olib borishda ilmiy natijalarga asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tolani chigitdan ajratish qurilmasining arra disklar tishlarini deformatsion mustahkamlash usuli Toshkent viloyatining Bo‘ka va Piskent paxta tozalash korxonalarida joriy qilindi (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 8 sentyabrdagi 03-18/2267-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan arra disk tishlarining chidamliligi 3,0-4,5 barobar oshishiga hamda texnologik  asbob-uskunalarning ekspluatatsiya ishonchliligi hisobiga (tola chiqishi, tukdorlik va chigitlarning shikastlanishi) tola va chigitning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jinlash samaradorligini ortishiga imkoniyat yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish