Sayt test rejimida ishlamoqda

Akbarov Islomjon Azamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘altakmolali mola-tekislagich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2121.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘altakmolali mola-tekislagichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan erlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘altakmolali mola-tekislagichning konstruktiv sxemasi dala yuzasi oldin tekislanib keyin zichlanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
g‘altakmolali mola-tekislagichning parametrlari tuproqning xossalari (hajmiy ezilish koeffisenti, tashqi va ichki ishqalanish burchaklari, zichligi), uning uvalanish sifati va zichligi belgilangan talablarga mos kelishi hamda tortishga qarshilik kam bo‘lishi hisobga olinib aniqlangan;
tuproqni talab darajasida zichlash uchun unga g‘altakmola tomonidan beriladigan tik bosim kuchi traktorning osish mexanizmi va g‘altakmolali mola-tekislagichning markaziy va yon seksiyalari g‘altakmolalarining qamrash kengliklari hamda uning osish qurilmasi o‘lcham va parametrlari hisobga olinib aniqlangan;
g‘altakmolaning diametri, unga beriladilan tik yuklanish, tekislagich va g‘altakmola orasidagi tik masofa va harakat tezligi ularning mola-tekislagichning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘altakmolali mola-tekislagichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘altakmolali mola-tekislagichga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Mola-tekislagich», FAP 01807 - 2022 y.). Natijada ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor mola-tekislagichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘altakmolali mola-tekislagichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil
3-avgustdagi №07/24-04/5228 son ma’lumotnomasi). Natijada talab darajasida zichlangan mayin tuproq qatlamini hosil qilish imkonini beradigan g‘altakmolali mola-tekislagich yaratilgan;
ishlab chiqilgan g‘altakmolali mola-tekislagichning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Raim ota farzandlari” va  “Mingbeka Azabek”  fermer xo‘jaliklari hamda Quyichirchiq tumanidagi REAL AGRO COTTON unitar karxonada joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022- yil 3-avgustdagi №07/24-04/5228 son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni ekishga tayyorlashda mehnat sarfi 10,1 foizga va har bir gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 22,1 foizga kamaygan;
g‘altakmolali mola-tekislagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022- yil 3-avgustdagi №07/24-04/5228 son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan g‘altakmolali mola-tekislagichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish