Sayt test rejimida ishlamoqda

Badretdinov Timur Nail`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ishini diagnostika qilish tizimini takomillashtirish», 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2021.1. RhD/T2208):
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, RhD.15/31.08.2022.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Gayibov Tulkin Shernazarovich texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davron Oktambaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muammo-lari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ishini nazorat qilishning mobil` tizimini yaratish orqali temir yo‘llar kontakt tarmog‘ini diagnostika qilish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kontakt tarmog‘i temir-beton tayanchlari ishlash muddatlari va nazorati kuchaytirilgan zonalarini aniqlash imkoniyatini beruvchi nuqsonli temir-beton tayanchlar taqsimlanishining Pareto diagrammasi ishlab chiqilgan va ular ishdan chiqish intensivligining taqsimlanishi modellashtirilgan;
kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ish burchagini nazorat qilish usuli asosida tayanchlar og‘ishini diagnostikalash tizimi o‘lchashlarni ikkita o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda amalga oshirish hisobiga takomillashtirilgan;
kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ishining kontakt osma geometrik parametrlariga ta’sirini baholash imkonini beruvchi matematik model` ishlab chiqilgan;
kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ishini dinamik rejimda diagnostika qilish imkoniyatini beruvchi yangi mobil qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l kontakt tarmog‘i tayanchlari og‘ishini diagnostika qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
temir yo‘l kontakt tarmog‘i tayanchlarining og‘ish burchagini aniqlash usuli va uning asosida ishlab chiqilgan mobil qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№ IAP 06910; 2022 y.). Ushbu usul va mobil qurilma asosida kontakt tarmog‘i tayanchlarining turli yo‘nalishlardagi og‘ishlarini dinamik rejimda aniqlash imkoniyati yaratilgan;
kontakt tarmog‘i tayanchlarining og‘ishini dinamik va to‘xtash rejimida aniqlash uchun ishlab chiqilgan mobil qurilma “Og‘ish burchagini aniqlash” dasturi bilan birga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Rahimova” kontakt tarmog‘i uchastkasidagi kontakt tarmog‘i tayanchlarining og‘ish darajasini avtomatik nazorat qilish uchun qo‘llanildi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 22 noyabrdagi №01/4139-22- son ma’lumotnomasi). Mobil qurilma yordamida kontakt tarmog‘i tayanchlarining turli yo‘nalishlardagi og‘ishlarini dinamik rejimda aniqlash imkoniyati hisobiga iqtisodiy samaradorlik 105,5 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish