Sayt test rejimida ishlamoqda

Bo‘riev Shuxrat Xamroqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Yuk poezdlarini tuzish rejasining bajarilishini nazorat qilish asosida temir yo‘l transportida tashish jarayonini boshqarishni takomillashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2943.
Ilmiy rahbar: Butunov Dilmurod Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazrilla Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Nurmuhammad Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk poezdlarini tuzish rejasining bajarilishini nazorat qilish asosida temir yo‘l transportida tashish jarayonini boshqarishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vagon oqimlarini samarali tashkil etilishini aniqlovchi yuk poezdlarini tuzish rejasi buzilishlarini nazorat qilish klassifikatori buzilishlar tavsifi asosida takomillashtirilgan;
yuk poezdlarini tuzish rejasi buzilishlarining tashish jarayoni samaradorligini belgilovchi temir yo‘l ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash usullari buzilishlar obektlari va qiymatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
yuk poezdlarini tuzish rejasi buzilish jarayonlarini nazorat qilish va bartaraf etish tizimining matematik modeli texnologik jarayon xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
yuk va texnik stansiyalarda yuk poezdlarini tuzish rejasi bajarilishini nazorat qilishning takomillashtirilgan tizimi inson omilining tashish jarayoniga ta’sirini hisobga olgan holda yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk poezdlarini tuzish rejasining bajarilishini nazorat qilish asosida temir yo‘l transportida tashish jarayonini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Stansiya texnologik markazi” operatori ish jarayonini avtomatlashtirish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Chuqursoy” saralash stansiyasiga yuk poezdlarini tuzish rejasi bajarilishini nazorat qilish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 16 avgustdagi 07/2837-22 ma’lumotnomasi). Natijada “Chuqursoy” stansiyasida vagonlarni qayta ishlashga sarflanadigan vaqt 12%ga kamaygan va vagonlarni qayta ishlash qobiliyati oshishiga erishilgan;
“Stansiya texnologik markazi” operatori ish jarayonini avtomatlashtirish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Nazarbek” yuk stansiyasiga yuk poezdlarini tuzish rejasi bajarilishini nazorat qilish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 16 avgustdagi 07/2837-22 ma’lumotnomasi). Natijada “Nazarbek” stansiyasida vagonlarni qayta ishlashga sarflanadigan vaqt 10%ga kamaygan va vagonlarni qayta ishlash qobiliyati oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish