Ergasheva Zaxro Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l terminallaridagi konteynerli blok-treynlarni tashkil kilish transport jarayonlarining texnologiyasini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2719.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Ziyoda Gafrudjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Saule Ertaevna, texnika fanlari doktori, professor; Rixsiev Dilmurod Xojiakbarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l terminallarida blok-treyn usulida konteynerlarni tashish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida konteynerli blok-treyndan foydalanishning iqtisodiy-samaradorligi, konteynerli yuk tashishlarning hajmiga va dinamikasiga ta’sir etadigan omillarning muhimlik darajalari korrelyasion tahlil usuli va regression modelni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
terminallardagi konteyner oqimlarini taqsimlashlanishi va ularni asoslangan yuklash texnologiyasini hisobga olgan holda, temir yo‘l terminallarining ishlashidagi zaif joylarni bartaraf etishni matematik modeli ishlab chiqilgan;
konteynerlarni ortish-tushirish hajmini va terminal maydonlarida bir xil yuklashni bashoratlash maqsadida, konteynerli blok-treyn texnologiyasini qo‘llagan holda, optimal konteynerli tashishlarning matematik modeli ishlab chiqilgan;
konteyner blok-treyn texnologiyasini e’tiborga olgan holda,  konteyner oqimining aylanish muddatini aniqlash imkonini beradigan, temir yo‘l terminalining imitatsion modeli zamonaviy muhandislik dasturiy ta’minot asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konteyner blok-treyn texnologiyasini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
konteyner terminallarida konteyner blok-treynni tashkil etish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 16 fevraldagi 01/484-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada konteynerlar yig‘ilishiga bog‘lik ravishda yuk jo‘natuvchi va terminal operatorlarining ishini rejalashtirishni takomillashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida konteynerlarni saralashni tezlashtirish hisobiga kuniga qo‘shimcha 4,5 soat tejash imkoni yaratilgan;
konteyner blok-poezdlarni tuzishning matematik modeli “JR FRUIT TRANS LOGISTICS” MChJ va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJda joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 16 fevraldagi 01/484-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l terminallarida konteyner blok-treynlarning turib qolish vaqtini kuniga 8,56 soatga qisqartirish imkoni yaratilgan, bu esa mavjud o‘tkazish qobiliyatidan maksimal darajada samarali foydalanishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish