Sayt test rejimida ishlamoqda

Xidirov Jasurjon Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimi signallarini nazorat qilish usulini takomillashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2718.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich, texnika fanlari doktori, professor; Rixsiev Dilmurod Xojiakbarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimi signallarini nazorat qilish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l avtoblokirovkali uchastkalarida poezdlar kechikishlarining oldini olish hamda ularni me’yorlash uchun vaqt parametrlariga bog‘langan holda ifodalar va matematik modellar takomillashtirilgan;
elektr tortqili va avtonom uchastkalarda yuzaga keladigan nosozliklarni mikroprotsessorli boshqarish tizimi asosida mas’ul elektromexanikga onlayn tarzda etkazish usuli  yaratilgan;
temir yo‘l rel`s zanjirlari bilan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi oralig‘ida yuzaga keladigan kodlarning buzilishini nazorat qilish va nosozliklarni bashoratlash usuli texnologik jarayonlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
avtomatik lokomotiv signalizatsiya kodlarining parametrlarini maxsus laboratoriya vagoniga simsiz uzatish usuli elektr magnit moslashuvchanlikka ega va xalaqitbardosh modullarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimi signallarini nazorat qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimini nazorat qilish qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “O‘zbekiston” lokomotiv deposida elektrovozlarning avtomatik lokomotiv signalizatsiyasini signal parametrlarini tekshirish uchun “Qurilmalarni nazorat-o‘lchash” bo‘limida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 4 oktyabrdagi 01/3413-22-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan qurilma asosida avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimidagi bloklarni signal parametrlarini o‘lchash orqali elektr tortqili avtoblokirovkali uchastkalarda kod signallarining aniqligi va xalaqitbardoshligini 2 barobarga oshirish imkoni yaratilgan;
interfeys dasturiy ta’minotli va mikrokontrollerli simsiz uzatish hamda qabul qilgich modulli qurilma “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent uzel signalizatsiya va aloqa” distansiyasida temir yo‘l uchastkalarida avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining signal parametrlarini tekshirish uchun “Maxsus aloqa” vagonida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 4 oktyabrdagi 01/3413-22-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tashxislash majmuasi asosida avtomatik lokomotiv signalizatsiya tizimi holatini masofadan turib o‘lchash va olingan tahliliy natijalarni uchastka elektromexaniklariga onlayn uzatish imkoni yaratilgan, tizimni o‘lchash vaqtlari 2 barobarga qisqartirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish