Sayt test rejimida ishlamoqda

Boixanov Zailobiddin O‘razali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asinxron motor reaktiv quvvatining nosimmetrik kattaliklarini boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichlari», 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2835
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Mamadjanov Alisher Mamadajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori,  professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asinxron motor reaktiv quvvatining nosimmetrik  kattaliklarini boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichlarining tuzilish modeli va algoritmlarini ishlab chiqish va tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’mirlangan asinxron motorning reaktiv quvvatini uch fazali tokining nosimmetrik kattaliklarini boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichini yig‘iq va tarqoq parametrli modellari hamda analitik ifodalari shakllantirilgan;
asinxron motor reaktiv quvvatining uch fazali toklarini boshqariluvchan ikkilamchi kuchlanishlarga o‘zgartiruvchi sezgir elementlarning halqalarini ketma-ket va parallel ulashda hosil bo‘luvchi nosinusoidallik ko‘satkichlarini baholashning Fast Fure translation ilovasi uchun analitik  ifoda shakllantirilgan;
ta’mirlangan asinxron motor reaktiv quvvatining birlamchi toklarini o‘zgartirishda boshqariluvchan chiqish kuchlanishlarni hosil qiluvchi sezgir elementlarni ketma-ket halqalar ko‘rinishida ajratib  joylashtirish asosida chiqish kuchlanishi miqdorini ikki marotaba oshiruvchi o‘zgartkich tuzilmasi  ishlab chiqilgan;
elektr energiya reaktiv quvvatining birlamchi toklarini o‘zgartiruvchi sezgir elementlarni parallel halqalar ko‘rinishida ajratib  joylashtirish asosida 24 pazli asinxron motorlar uchun chiqish signalining miqdorini ikki, 36 pazli asinxron motorlar uchun uch marotaba oshirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
asinxron motor reaktiv quvvatini nazorat va boshqaruvi uchun ishlab chiqilgan boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichi va dasturiy vositalari «Andijon viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2022-yil 23-may 13-1-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiyasini uzatishdagi qo‘shimcha aktiv va reaktiv energiya isroflari 4% gacha kamayishi imkonini bergan;
asinxron motor reaktiv quvvatining nosimmetrik kattaliklarini boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichlarining yig‘iq va tarqoq parametrli modeli hamda iste’molchi yuklamasi tokiga bog‘liq holda  boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichining tadqiqot algoritmi «Andijon biokimyo zavodi» AJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2022-yil 23-may 13-1-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalariga muvofiq  o‘lchov sezgir elementi aniqligi 0,35% ortishiga erishilgan;
boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichlari tuzilmasi  «Andijon yog‘-moy» AJ da joriy etilgan (Energetika vazirligining 2022-yil 23-may 13-1-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, asinxron motor reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi qurilmalari  boshqaruv tizimi uchun boshqariluvchan chiqish kuchlanishli tok o‘zgartkichini qo‘llash  hisobiga real vaqt mobaynida ma’lumotlar olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish